Panteizm
Panteizm (pan… va yun. theos — xudo) — xudo bilan tabiat bir narsa, ular bir butunni tashkil qiladi deb hisoblovchi diniy va falsafiy taʼlimot. Panteizm atamasini fanga J. Toland kiritgan (1705). Bu tushuncha Sharqda vujudiyun nomi bilan ataladi. Panteistik tamoyillar oʻrta asrlardagi yereslik mistikasida koʻzga tashlangan. Panteizm Uygʻonish davri naturfalsafasi va boshqa Spinoza („xudo“ va „tabiat“ tushunchalarini bir narsa deb bilgan) hamda I.G.Gerder, I.V.Gyote va nemis klassik falsafasiga xos[1].
|
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |