Nicolai Moller Boilesen (talaffuzi: Nikolay Moller Boylesen) — daniyalik futbolchi, „Kopengagen“ klubi va Daniya terma jamoasining chap qanot himoyachisi[1]. 2020-yilgi Yevropa chempionatining yarim finalchisi.

Nicolai Boilesen Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Nicolai Moller Boilesen
Tugʻilgan 16-fevral 1992-yil(1992-02-16) (30 yosh)
  • Ballerup, Daniya
Fuqaroligi
Boʻyi 186 sm
Vazni

73 kg

Pozitsiyasi chap himoyachi
Hozirgi jamoasi

Flag Danii København

Raqami

20

Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati

tahrir

Boylesen „Lill Hama“ havaskor jamoasida futbol oʻynay boshlaga. 2004-yilda u „Brøndby“ klubining futbol akademiyasiga qabul qilingan. Nikolayning yoshlar jamoasidagi muvaffaqiyatli oʻyinlari koʻplab Yevropa klublarini qiziqtirga. Himoyachiga "Manchester United", "Chelsea" va „Fiorentina“ klublari qiziqish bildirishgan.

2009-yilda 500 ming yevro evaziga Boylesen Amsterdamning „Ajax“ klubiga oʻtgan va 2011-yilgacha klubning yoshlar jamoasida oʻynagan. Birinchi mavsum Nikolayga zarba bergan bir qator jarohatlar soyasida qoldi. 2010-yilda u jamoaning mavsumdagi tarkibiga kiritildi. 2011-yil 3-aprelda „Heracles Almelo“ jamoasiga qarshi oʻyinda u „Eredivisie“ jamoasida debyut qilgan va ikkinchi boʻlim boshida Deyli Blindni almashtirgan[2]. Oʻsha yilning sentabr oyida, PSVga qarshi duelda Boylesen Jermeyn Lens bilan toʻqnashuvda tizzasidan jarohat olgan va 2012- yilning fevraligacha safdan chiqdi. 16-fevral kuni Yevropa ligasi doirasida Angliyaning „Manchester United“ jamoasiga qarshi oʻyinda Nikolay jarohati qaytalandi[3]. Bu jarohat uni butun mavsum davomida maydondan chetda qoldirdi.

Xalqaro karyerasi

tahrir

2011-yilda Daniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Boylesen oʻz uyida Yevropa chempionatida ishtirok etdi[4]. Turnirda u Shveytsariya, Belarus va Islandiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[5][6].

2011-yilda Boylesen Daniya terma jamoasida debyut qilgan. 2013-yilning 15-noyabrida Norvegiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Nikolay terma jamoa safidagi ilk golini urdi[7].

Statistikasi

tahrir
Klub Mavsum Liga Kubog Kontinental Boshqa Jami
Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar
Ajax 2010-2011 6 0 1 0 0 0 0 0 7 0
2011-2012 4 0 0 0 2 0 1 0 7 0
2012-2013 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2013-2014 20 1 3 0 4 0 1 0 28 1
2014-2015 22 0 0 0 8 0 0 0 30 0
2015-2016 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 52 1 4 0 14 0 2 0 72 1
Jong Ajax 2013-2014 1 0 - - - 1 0
Copenhagen 2016-2017 8 0 3 0 2 0 0 0 13 0
2017-2018 32 1 2 0 7 0 0 0 41 1
2018-2019 27 1 0 0 10 0 0 0 37 1
Jami 67 2 5 0 19 0 0 0 91 2
Umumiy karyerasida 120 3 9 0 33 0 2 0 164 3

Daniya safida gollari

tahrir
Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2013-yil 15- noyabr Herning, Daniya   Norvegiya 2 :1 2 :1 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Yutuqlari

tahrir

Jamoaviy yutuqlari

"Ajax"

  • 1  Gollandiya futbol chempionati — 2010-2011
  • 1  Gollandiya futbol chempionati — 2011-2012
  • 1  Gollandiya futbol chempionati — 2012-2013
  • 1  Gollandiya futbol chempionati — 2013-2014
  • Gollandiya Superkubogi finalchisi — 2014- yil

Manbalar

tahrir
  1. „FC København skriver kontrakt med Nicolai Boilesen.“ (da). fck.dk. 2016-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-avgust.
  2. „Аякс VS. Хераклес 3:0“ (en). soccerway.com (2011-04—03). 2014-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-avgust.
  3. „Аякс VS. Манчестер Юнайтед 0:2“ (en). soccerway.com (2012-02—16). 2014-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-avgust.
  4. „Дания (до 21) VS. Швейцария (до 21) 0:1“ (en). soccerway.com (2011—06—11). 2018-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-fevral.
  5. „Дания (до 21) VS. Белоруссия (до 21) 2:1“ (en). soccerway.com (2011—06—14). 2018-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-fevral.
  6. „Исландия (до 21) VS. Дания (до 21) 3:1“ (en). soccerway.com (2011—06—18). 2018-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-fevral.
  7. „Дания VS. Норвегия 2:1“ (en). soccerway.com (2013-11—15). 2014-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-avgust.