Mirabal opa-singillar
Mirabal opa-singillar sifatida tanilgan Patria, Minerva va Mariya Terezalar 1930-yildan 1961-yilgacha Dominikan Respublikasini boshqargan Rafael Trujillo diktaturasiga qarshi kurash olib borishgan.
1960-yili opa-singil Miraballarning diktaturaga qarshi kurashi butun mamlakat boʻylab keng tarqalib ketadi. Uch opa-singil va ularning haydovchisi Rufino de la Kruz 1960-yil 25-noyabr kuni diktaturaga qarshi muxolifligi sababli Trujillo tomonidan yollangan hukumat politsiyasi tarafidan toʻxtatiladi. Yollangan politsiyachilar opa-singillarga avval tajovuz qilishadi, kaltaklashadi va boʻgʻib oʻldirishadi.[1][2][3]
Qotillikdan keyin jasadlar voqeani maxfiy qolishi uchun mashinaga solinadi va baxtsiz hodisaga oʻxshab koʻrinishi uchun jarlikdan uloqtirib yuboriladi. Fojia Trujilloga qarashli hukumat gazetasi El Caribe tomonidan avtohalokat sifatida jamoatchilikka maʼlum qilinadi. Biroq, Trujilloning bu urinishi muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi.[4] Opa-singillar tomonidan asos solingan Clandestine(Yashirin)harakati opa-singillarning oʻldirilishidan bir yil oʻtib, diktaturani agʻdarilishida muhim rol oʻynaydi.[5]
1999 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 25-noyabr opa-singil Miraballarning vafot etgan kuni munosabati bilan Ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish xalqaro kuni deb eʼlon qiladi.[6]
Keyingi oʻzgarishlar
tahrir2007-yilning 21-noyabr kuni opa-singillar yashagan Salsedo nomi Hermanas Mirabal provinsiyasi deb oʻzgartiriladi. 2019-yilda Manhattandagi Vashington Heightsdagi 168-koʻcha va Amsterdam avenyusining janubi-sharqiy burchagi Nyu-York shahar kengashi tomonidan „Mirabal opa-singillar yoʻli“ deb eʼlon qilinadi. 2021-yilda Dominikan Respublikasining Fransiyadagi elchisi Roza Ernandes de Grullón Parij shahrida 1960-yilgi Truxilo diktaturasi tomonidan oʻldirilgan mashhur Dominikan qahramonlarining sharafiga nutq soʻzlaydi. Ijtimoiy adolat va feminizm ramzi sifatida dunyo miqyosida tan olingan opa-singillar, bu harakatlari orqali kelajak avoldga qoldirgan ramziy merosini saqlab qolishni maqsad qilgan koʻplab tashkilotlar oʻz faoliyatini olib borishmoqda. Bunday tashkilotlarga immigrant oilalarning hayotini yaxshilashga urinayotgan „Mirabal opa-singillar“ madaniy va ijtimoiy jamoat markazini misol qilib keltirish mumkin.
Opa-singillarning qisqa biografiyasi
tahrirRasmiy ismlari | Umumiy ismlari | Tugʻilgan kuni | Oʻlimi |
---|---|---|---|
Patria Mersedes Mirabal Reyes | Patria | 1924 yil 27 fevral | 1960 yil 25 noyabr |
Belgika Adela Mirabal Reyes | Dede | 1925 yil 29 fevral | 2014 yil 1 fevral |
Mariya Argentina Minerva Mirabal Reyes | Minerva | 1926 yil 12 mart | 1960 yil 25 noyabr |
Antonia Mariya Tereza Mirabal Reyes | Mariya Tereza | 1935 yil 15 oktyabr | 1960 yil 25 noyabr |
Manba
tahrir- ↑ „DEATH OF "THE BUTTERFLIES" GIVES BIRTH TO A REVOLUTION“. The History Channel (25 kasım 1970). 13 mayıs 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13 mayıs 2019.
- ↑ Red Holler: Contemporary Appalachian Literature. Sarabande Books, 8 Ekim 2013 — 52-bet. ISBN 9781936747665.
- ↑ Bachata: A Social History of a Dominican Popular Music. Temple University Press, 6 Haziran 1995 — 61-bet. ISBN 9781566393003.
- ↑ „Las Mariposas: The Mirabal Sisters’ Role As Heroines Of The Dominican Republic“. StMU History Media Project (1 mayıs 2017). 10 mayıs 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10 mayıs 2019.
- ↑ „Patria, Minerva ve Maria Theresa (Mirabal Kız Kardeşler)“. Feminist Atölye. 15 aralık 2014da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10 aralık 2014.
- ↑ „Boyun eğmeyen kardeşler…“. soL Haber Portalı (23 kasım 2010). 25 aralık 2014da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12 nisan 2015.