Jump to content

tepa

From Vikilug‘at

Oʻzbekcha (uz)

[edit]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[edit]

te-pa

Aytilishi

[edit]

Etimologiyasi

[edit]

TEPA 'doʻng joy'. T ye p a d a n qaragan kishiga bu arihcha ilon izidek .. koʻrinar edi (Ibrohim Ra — him). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni ang — latgan bu ot asli töpä, töpoʻ tarzida talaffuz qilingan (DS, 580); oʻzbek tilida ö unlisi ye unlisiga almashgan: töpä > tepä. Bu soʻz oxiridagi ä, ü qismi asli leksema yasovchi qoʻshimcha, lekin manbalarda töp- feʼli oʻz ak — sini topmagan.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[edit]

Maʼnosi

[edit]

1 Yer sathidan baland, doʻng joy; tepalik, balandlik. ◆ Hademay oʻng tomondagi tepalar, undan naridagi tik qoyalar ustida oftob porlaydi. Mirmuhsin, „Meʼmor“ . ◆ Suyun ogʻa garang, dardli, och holda tepa ustiga chiqqach, yana boyagidek, orqa-oldiga qaradi. N. Fozilov, „Diydor“ . ◆ Shu tepalar nishabida kamarlar bor. T. Murod, „Ot kishnagan oqshom“ .

2 Umuman, biror joy, makonga nisbatan yuqoridagi joy, yer. ◆ Tepadan qaragan kishiga bu ariqcha ilon izidek egilib, bukilib, oʻzining oʻqida aylanayotganga oʻxshab koʻrinar edi. I. Ra\im, „Chin muhabbat“ . ◆ Nigera u yoq-bu yoqqa qaradi: yuqorida Qashqatov, pastda qalin archazor, oʻng va soʻlda tepa.. S. Anorboyev, „Oqsoy“ .

3 Biror narsaning yuqori qismi, usti. ◆ Arizaning tepasiga imzo qoʻymoq. Daraxtning tepasida bir qush oʻtiribdi. Qabr tepasini maisa qoplagan. n ◆ Tashakkur, ustod! Agar eng baland minora tepasiga gʻisht qoʻysin, desangizham biz rozi. Mirmuhsin, „Meʼmor“ .

4 Koʻp mikdorda uyilgan narsalardan hosil boʻlgan balandlik, doʻnglik. ◆ Toʻng mena. Kul tepa. Qum mena. n ◆ Bu tuproq tepa uch kishining qabri boʻlib chiqdi. A. Qahhor, „Oltin yulduz“ . ◆ Uch-toʻrt yuz inson boshidan turgʻizil-gan bir tepa! A.. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

5 Kishi ustidagi boʻshliq, osmon, falak; yuqori. ◆ Samolyot tik tepaga koʻtarildi. Ku-yosh qoq tepaga keldi. m ◆ Tepadan oftob urib turibdi. S. Ahmad, „Tomosha“ . U ◆ oʻz ovozidan uygʻonib ketib, koʻzini ochganida, tepada oy suzar, hamma yoq jimjit.. Mirmuhsin, „Meʼmor“ .

6 Nisbatan yuqori qismda boʻlgan, joy-lashgan; ustki. ◆ Uroz tepadagi qoziqdan doʻm-birasini oldi.. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ [Tolning] Tepa shoxiga quruvchilar projektor oʻrnatishgan ekan, hozir atrofii sut-day yoritib, koʻzni qamashtiradi. Oʻ. Usmonov, „Sirli sohil“ . ◆ Ustki qatordagi soʻyloq tish-laridan ikkitasi tepa labini yorib chiq-qanini.. koʻrgan kishioʻqchibyuborardi. M. Ismoiliy, „Fargona t“ . o.

7 arxeol. Paxsadan ishlangan qadimiy inshootlarning xarobalari va ularni toʻl-dirgan madaniy qatlamlardan hosil boʻlgan doʻnglik.

8 3-sh. egalik va j.k., oʻ.-p.k., ch.k. af-fikslari bilan koʻmakchi vazifasida qoʻl-lanadi va makon munosabatini ifodalay-di. ◆ Adolat uxlayotgan juvonning tepasiga bordi. I. Rahim, „Chin muhabbat“ . ◆ Botirali Oyshabonuni bir qoʻli bilan chetga surdi-da, boyning tepasiga engashib, koʻrpani ochdi. H. Gʻulom, „Mashʼal“ . ◆ Oʻtgan kuni shu ikki yigit-ni qozon tepasida et olayotganlarida koʻrgan edilar. Mirmuhsin, „Meʼmor“ . ◆ Keyin, piyolani butilkaga urib, tepasida parvona boʻlib turgan xotiniga oʻshqira ketdi.. "Mushtum" . ◆ Tepamdan vagʻillab samolyot uchib oʻtdi. H. Nazir, „Yonar daryo“ .

Ikki qoʻli bir tepa Boshni changallab, quruqdan-quruq, hech narsasiz. [Mastura:] ◆ Doimo huzur-halovati shularcha-yu, ikki qoʻli bir tepada men qolaman. Hamza, „Paranji sirlari“ . ◆ Bolalarimni yetakladim-da, ikki qoʻlim bir tepa, boyning dargohidan ketdim.. H. Gʻ1uʼmon va A . Shorahmedov, Ota. Tepa sochi tikka boʻlmoq Gʻoyat achchiqlanmoq, gʻazabga kelmoq. ◆ -A ?! — Rahimning tepa sochi tikka boʻlib, koʻzlari qinidan chiqayozdi. -Bekor! Hammasi bekor. H. Nazir, „Soʻnmas chaqmoqlar“ . Tepasiga chiqmoq (yoki minmoq) Oʻz hukmini oʻtkazmoq, boshiga chiqib olib, mensimay qoʻymoq. Shuncha oʻqibdi — ◆ bas, bundan ortiq oʻqisa, tepangga chiqib ketadi. A. Qahhor, „Asarlar“ .

Sinonimlari

[edit]

Antonimlari

[edit]

TEPA. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[edit]

tepa
1 xolm, bugor; ◆ ekskursiyachilar baland bir tepaga chiqdilar ekskursantы podnyalisь na vыsokiy xolm;
2 verx; vershina, verxushka; makushka; vыsota, vыsь; ◆ tepadan qaramoq smotretь sverxu (s vыsotы); ◆ daraxtning tepasida qandaydirbir qush qoʻnib oʻtirar edi na verxushke dereva sidela kakaya-to ptitsa;
3 xolmik iz skopleniya (chego-l.) kucha; ◆ goʻng tepa navoznaya kucha; ◆ qor tepa sugrob;
4 v roli slujebnogo imeni; ◆ tepasiga 1) na; nad; k, ko; ◆ togʻ(ning) tepasiga chiqmoq podnyatьsya na goru; ◆ voqeaning tepasiga kelib qolmoq podospetь k mestu proisshestviya; okazatьsya na meste proisshestviya; ◆ uning tepasiga boʻhton yogʻdirildi na nego obrushilisь potoki klevetы; ◆ tepasiga ikki odam keldi k nemu podoshli dva cheloveka; ◆ tepamga ko mne; ◆ tepangga k tebe; 2) vo glave; ◆ ishning tepasiga sizni qoʻyamiz vo glave dela mы postavim vas; ◆ tepasida nad, nado; ◆ tom tepasida na krыshe; ◆ stol tepasida na stole; nad stolom; ◆ stol tepasida lampa osilib turibdi nad stolom visit lampa; ◆ tepasida turmoq 1) stoyatь (nad chem-chem-l.) stoyatь v izgolovьe; 2) vozglavlyatь, nachalьstvovatь; ◆ ishning tepasida turmoq vozglavlyatь rabotu; ◆ tepamda nado mnoy; ◆ tepangda nad toboy; ◆ tepasidan 1) s (chego-l.); ◆ daraxt(ning) tepasidan yiqilib tushmoq upastь s verxushki dereva; 2) cherez; ◆ panjara(ning) tepasidan sakrab oʻtmoq pereprыgnutь cherez reshyotku; 3) nad, nado; ◆ samolyot qishloq tepasidan uchib oʻtdi samolyot proletel nad kishlakom; ◆ tepamdan nado mnoy; ◆ tepangdan nad toboy; ◆ 

  • tepa sochi tikka boʻldi ili ◆  tepa sochi tik turdi u nego volosы podnyalisь dыbom.