Kontent qismiga oʻtish

Xusrav Dehlaviy

Vikiiqtibosdan olingan
Xusrav Dehlaviy
Vikipediyadagi maqola
Vikiombordagi fayllar

Xusrav Dehlaviy (toʻliq ismi Yaminiddin Abdulhasan) (1253-yil, Patyoli – 1325-yil 27-sentyabr, Dehli) – hind shoiri, adabiyotshunosi va bastakori.



Iqtiboslar

A

B

  • Bil, oyoq ostingda yurgan chumoli,
    Bir donga garovdir yuz joni-holi[1].
  • Bu eski olamda aylagʻil bunyod —
    Bir narsaki, xalqing etsin seni yod[1].
  • Bu charxga etdilar juda koʻp nazar,
    Ip uchi hech kimga boʻlmay muyassar[1].

D

  • Daraxt oʻrniga gar eksang tikan,
    Shunday tikan ekki, gul bersa ekan[1].
  • Dema: mingni jangda qirib tashlayin,
    Qani, bittaga jon beru mard deyin[1].

G

  • Gul atri mushknikidan ortiqroqdir,
    Qurib qolsa xashakdan farqi yoʻqdir[1].
  • Go‘shtni kesar tig‘ ko‘p olamda, bilg‘il, Lek go‘shtdan bo‘lgan tig‘ — bir zahri qotil[1].

H

  • Hech kim koʻtarilib boʻlolmas rahbar,
    Agar u boʻlmasa raiyatparvar[1].

K

  • Kishi farosatda qancha nogiron,
    Aybini oqlashda shuncha bilagʻon[1].

M

  • Mumkinmi chivinni qilichda chopmoq,
    Sher nechuk pashshaga urgay shapaloq?![1]

O

  • Olamda kun yoʻqki bilmasa zavol,
    Abadiy qolmaydi bu husnu jamol[1].
  • Ochlikda qolmasa chidam va toqat,
    Baʼzan arpa non ham koʻrinar novvot[1].

P

  • Pinhon tutsang yoʻqolur,
    Bersang oʻzingda qolur[1].

S

T

  • Tok sharob beradi gʻoʻradan keyin,
    Buta gul ochadi gʻunchadan keyin[1].

X

Y

  • Yuz yil tegirmon charx aylanganda ham,
    Daryodan boʻlurmi bir qatra suv kam?![1]

  • Oʻtib ketgan yilingdan top-chi bir kun,
    Bugun qaytib kelurmu kechagi kun?![1]

Ch

  • Chin olim hiyladin uzoqdir, uzoq,
    Nurning oʻz soyasi boʻlmaydi hech choq[1].
  • Chumolini choʻqib qirar qirgʻovul,
    Oxir qarchigʻaydan oʻz holi mushkul[1].

Manbalar

  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.