Kontent qismiga oʻtish

Yoʻldosh Aʼzamov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yo'ldosh A'zamovdan yoʻnaltirildi)
Yoʻldosh Aʼzamov
Tavalludi 10-may 1909-yil
Vafoti 16-iyun 1985-yil(1985-06-16)
(76 yoshda)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi aktyor, rejissyor va dramaturg
Mukofotlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1965),
Oʻzbekiston xalq artisti (1970),
Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti sovrindori (1972),
SSSR xalq artisti (1979)

Yoʻldosh Aʼzamov (shuningdek, Yoʻldosh Agzamov; 1909-yil 10-may, Toshkent, Rossiya Imperiyasi1985-yil 16-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik aktyor, rejissyor va dramaturg[1]. U Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1965), Oʻzbekiston xalq artisti (1970), Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti (1972) hamda SSSR xalq artisti (1979) unvon va mukofotlari bilan taqdirlangan[2]. Uning eng mashhur filmlari „Maftuningman“ (1958) va „Oʻtgan kunlar“ filmlaridir. Rejissyor tomonidan suratga olingan „Maftuningman“ kartinasi oʻzbek kinofilmlari orasida dastlabki komedik filmdir. Ushbu film eng sara oʻzbek kinolaridan biri hisoblanadi[3].

Yoʻldosh Aʼzamov 1909-yilning 10-may sanasida Toshkentda tugʻilgan. Aʼzamov 1926-yildan 1930-yilgacha Sovkino va Vostokkinoda aktyorlik qilgan. 1930-yildan boshlab Oʻzbekfilmda ishlay boshlagan. Yoʻldosh Aʼzamov 1985-yil 16-iyunda 76 yoshda oʻlamdan oʻtgan. U Toshkentdagi Chagʻatoy qabristonida koʻmilgan.

Aʼzamov aktyor sifatida Yu. Rayzmanning „Yer chanqogʻi“ (1930), Nabi Gʻaniyevning „Yuksalish“ (1931) filmlaridagi Qurbongeldi va mexanik obrazlarini yaratgan. „Tohir va Zuhra“ (1945) badiiy filmiga ikkinchi rejissor boʻldi.

Aʼzamov urushdan keyingi yillarda esa hujjatli-xronikal filmlar („Xalq qizlari“, „Toshkent MESi“ va boshqalar) ishladi. Aʼzamovning birinchi mustaqil badiiy filmi „Qilich“ (1934) filmidir. Aʼzamov Toshkent Yosh tomoshabinlar teatrida rejissor sifatida bir qancha pesalarni sahnalashtirgan.

Aʼzamov kinorejissor sifatida „Gulbahor“ (1956), „Maftuningman“ (1958), „Furqat“ (1959), „Istiqbol yoʻli“ (1961), „Oydin sahifa“ (1965), „Sayyod qoʻngʻirogʻi“ (1966), „Oʻtgan kunlar“ (1969), „Olovli soʻqmoqlar“ (1971), „Mehrobdan chayon“ („Zulmatni tark etib…“, 1973), „Odamlar tashvishida“ (1976), „Ota nasihati“ (1979), „Katta va qisqa hayot“ (1981), „Parol, „Regina“ mehmonxonasi“ (Z. Rayzman bilan hamkorlikda, 1984) va boshqa filmlarni yaratdi.

Aʼzamov ijodida oʻzbek xalqining tarixiy va zamonaviy hayoti sahifalarini milliy ruhda koʻrsatishga intilish koʻproq seziladi. Aktyorlar bilan obrazlar ustida chuqur ishlash, barcha harakatlarni qahramon xarakteri va ichki dunyosini ochib berishga qaratish rejissor ijodiga xos.

Unvon va mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoʻldosh Aʼzamov koʻplagan unvon va mukofotlar sovrindoridir. 1965-yil unga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi unvoni berilgan. 1970-yil Aʼzamov Oʻzbekiston xalq artisti unvonini olgan. 1972-yil unga Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti berilgan. Aʼzamovga 1979-yil nufuzli SSRI xalq artisti unvoni berilgan

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rejissyor sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Ruscha: „Klich“ (1935)
  • Ruscha: „Uzbekskiy kinokonsert“ (1941)
  • Ruscha: „Vo imya schastya“ (1956)
  • Ruscha: „Ribaki Arala“ (1957)
  • „Maftuningman“ (Ruscha: „Ocharovan toboy)“ (1958)
  • Ruscha: „Furkat“ (1959)
  • Ruscha: „Otvergnutaya nevesta“ (1961)
  • Ruscha: „Pyatero iz Fergani“ (1963)
  • Ruscha: „Doroga za gorizont“ (1963)
  • Ruscha: „Listok iz bloknota“ (1965)
  • Ruscha: „Kolokol Sayata“ (1966)
  • „Oʻtgan kunlar“ (Ruscha: „Minuvshie dni“) (1969)
  • Ruscha: „Goryachie tropi“ (1971)
  • Ruscha: „Pobeg iz tmi“ (1973)
  • Ruscha: „Radi drugix“ (1976)
  • Ruscha: „Otsovskiy nakaz“ (1979)
  • Ruscha: „Bolshaya korotkaya jizn“ (1981)
  • Ruscha: „Parol — „Otel Regina““ (1983)
  1. „Yo'ldosh A'zamov (rus.). Toshkent Memoriali. Qaraldi: 2012-yil 28-may.
  2. „Yo'ldosh A'zamov (rus.). Kino-Teatr. Qaraldi: 2012-yil 28-may.
  3. Ganjazoda, Zеbo „„Maftuningman” filmi: qiziq voqealar va maftunkor chehralar“. Mashur.uz. Qaraldi: 2012-yil 28-may.[sayt ishlamaydi]