Kontent qismiga oʻtish

Xett tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xett Tilidan yoʻnaltirildi)

Xett tili — oʻz yozuviga ega boʻlgan eng qadimiy hind-yevropa tillaridan biri; xatt, palayya, lidiya va boshqa tillar bilan xett — luviy tillari (anatoliya tillari) guruhini tashkil etgan oʻlik til. Xett tilida soʻzlashuvchi aholi qadimiy Anatoliyaning markaziy va shimoliy kismlarida yashagan. Xett tili tarixida 3 davr farqlanadi: qadimiy davr (miloddan avvalgi XVIII—16-asrlar), yjDTa davr (miloddan avvalgi XV asr — 14-asr boshi) va yangi davr (miloddan avvalgi 14-asr oʻrtalari — 13-asr). Bizgacha yetib kelgan matnlarning aksariyati Yangi podsholik davriga mansubdir. Xett tilining asosiy grammatik xususiyatlari: feʼl qoʻshimchalari 2 turga boʻlingan, otlar 2 grammatik jins kategoriyasiga boʻlingan. Leksikasida xatt, akkad va xurrit tillaridan oʻzlashgan soʻzlar — asosan terminlar koʻp boʻlgan. Xett tili yozuvi — mixxat boʻlib, u shimoliy Suriyadan, ehtimol, qadimiy akkad mixxatidan oʻzlashtirib olingan. Yozma yodgorliklari asosan 1906—07 yillardagi arxeologik qazishmalar chogʻida Xattusasdagi (Turkiya, hozirgi Boʻgʻozkoʻy) podsholik arxividan topilgan.