Kontent qismiga oʻtish

Dmitriy Vvedenskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Vvedenskiy Dmitriy Alekseevichdan yoʻnaltirildi)
Dimiyriy Alekseevich Vvedenskiy
Tavalludi 3-yanvar 1887
Rossiya imperiyasi, Moskva
Vafoti 11-sentyabr 1956
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent
Fuqaroligi SSSR va Rossiya Imperiyasi
Kasbi Shifokor
Turmush oʻrtogʻi Vera Andreyevna Kallistova
Otasi Aleksey Andreevich Vvedenskiy
Mukofotlari

Dmitriy Alekseevich Vvedenskiy (1887—yil 3—yanvar Rossiya imperiyasi, Moskva, 1956—yil 11—sentabr Toshkent) – urolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1947), professor (1934), tibbiyot fanlari doktori (1942). Moskva universitetini tugatgan (1911). Oʻrta Osiyo davlat universiteti tibbiyot fakulteti urologiya kafedrasi professori (1934— 56). Urologiyaning turli sohalarida, xususan siydik yoʻllari kasalliklarini aniqlashda rentgen nurlaridan foydalanish, jarrohlik yoʻli bilan davolash usulini takomillashtirish ustida tadqiqotlar olib borgan. 40 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi[1].

1887—yil 3—yanvar kuni Moskva shahrida tavallud topgan. Otasi xirurg va fan doktori Aleksey Andreevich Vvedenskiy.

Dimitriy boshlangʻich taʼlimni oʻsha paytda oilasi yashagan Tomsk shahridagi erkaklar gimnaziyasida oldi va Moskva universitetining tibbiyot fakultetiga oʻqishga kirdi. U sotsialistik inqilobchi edi, talabalar ish tashlashlarida qatnashgan, shuning uchun oʻqishining oxirini Berlinda yakunladi. Moskva universitetida shifokor boʻlish uchun imtihonlarni topshirdi va 1912—yilda okrug shifokori unvonini oldi. Oʻsha yilning oxirida armiyaga safarbar qilindi va Ivangorod qal’asi artilleriyasida shifokor boʻlib xizmat qildi. 1913—yil oxirida demobilizatsiya qilinganidan keyin u Brest-Litovskda ishladi. Bu yerda otasining puliga oʻz shifoxonasini ochdi va urologiya bilan shugʻullana boshladi.

Birinchi jahon urushi boshlanishi bilan Vvedenskiy 1914—yil avgustda harbiy safarbarlikka chaqirildi va darhol frontga joʻnatildi. Harbiy harakatlardagi ishtiroki uchun u beshta orden bilan taqdirlangan. Fransuz tilini bilgani uchun 1916—yil aprel oyida Rossiya ekspeditsiya kuchlari tarkibida Fransiyaga joʻnatildi va 5-maxsus piyodalar polkida xizmat qildi. Fransiyadagi xizmati davomida jarohat olmagan, lekin ikki marta gazdan zaharlangan. 1917—yildan 1919—yilgacha oddiy pulemyotchi, keyin kapral boʻlib xizmat qilgan.

1919—yilda u Vladivostok orqali SSRga qaytib, Tomskga keldi. Qizil Armiya tomonida turib Rossiya fuqarolar urushida qatnashgan. 1920—yilda Toshkentdagi harbiy gospitalga yuborilgan. Bu yerda ilm-fan bilan shugʻullana boshladi. Turkiston universiteti tibbiyot fakulteti urologiya kafedrasi assistenti, 1931—1933—yillarda dotsent, 1933—yildan Toshkent tibbiyot akademiyasida urologiya kafedrasi professori lavozimlarida ishlagan[2].

Ikkinchi jahon urushi paytida u frontga koʻngilli boʻlib qoʻshilgan. 1-Ukraina frontida tibbiy guruhning boshligʻi boʻlib xizmat qildi, Berlinga yetib bordi va podpolkovnik unvoniga sazovor boʻldi. Urushdan keyin Toshkent tibbiyot institutida faoliyatini davom ettirdi. Oʻzbekiston SSR Urologiya jamiyatining birinchi raisi boʻlgan.

1956—yil 11—sentabrda Toshkent shahrida yurak xurujidan vafot etgan. Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan. Lenin ordeni, Qizil Yulduz ordeni va turli medallar bilan taqdirlangan[3].

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil