Kontent qismiga oʻtish

Uygʻurlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Uigurerdan yoʻnaltirildi)
Uygʻurlar
ئۇيغۇر
Umumiy aholi soni

taxminan 13 million

Katta aholiga ega mintaqalar
 Xitoy 12.8 million
 Turkiya 300.000
 Qozogʻiston 270.000
 Oʻzbekiston 60.000-70.000
 Pokiston 200.000
 Hindiston 15.000
 Iordaniya 30.000
 Afgʻoniston 2.000-5.000
Tillar
Uygʻur tili
Dinlar
Islom
Qarindosh etnik guruhlar
Tojiklar, Oʻzbeklar

Uygʻurlar - xitoy bosqini ostida qolgan turk xalqlaridan,, XXRdagi Sharqiy Turkiston tub joy aholisi, soni 13.5 million. Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, Hindiston, Afgʻoniston va Pokistonda yashaydi. Turk tilining Uygʻur lahjasida gaplashadi. Dindorlari, asosan, sunniy musulmonlar. Yapon (Yutyanxeng), fransuz (Klaprot) olimlari fikricha, "uygʻur" atamasi miloddan avval 3—2-asrlardan maʼlum. U. etnogenezi Xitoy manbalarida 4—5 ming yil avval tilga olingan "di"(Turk)larning "chidi"(qizil di — janubiy turk) ga borib taqaladi. Xitoyning shimolida mavjud boʻlgan Chidi davlati mil. av. 594 yil Szin (Jin) xonligi tomonidan tugatilgach, chidilar shim.ga ketishga majbur boʻlishgan. U. hun qabilaviy ittifoqi (mil. av. 3-asr — mil. 3—4-asrlar)da muhim rol oʻynaganlar. Mil. 5—8-asrlarda U. Jujan(Avar) xonligi, keyinchalik Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. 7-asrga qadar Uygʻurlar tarkibida yogʻliqor (xon avlodi), quturgʻur, turlamveybur, buqosqir, ovchagʻ, xazarqasar, xoʻgʻursu, yagʻmo, ayovir kabi 9 qabila mavjud boʻlgan. Keyinchalik ularga Sirdaryoning yuqori qismi (Yassi daryosi) boʻyida yashagan adiz qabilasi qoʻshilishi bilan 10 uygʻur ittifoqi shakllangan. 7—9-asrdagi manbalarda 15 uygʻur qabila uyushmasi [baku, hun, bayirgʻu, tungro, sijiye, chibni, izgil(sije), basmil (bashimi), qarluq (gelulu), sir, tardush, tuva, quvurqon, barsuk, qirgʻiz] qayd etilgan.

Qadimda Uygʻurlarning aksariyati dehqonchilik bilan shugʻullanib, oʻtroq hayot kechirgan. Shu sababli ularda qabila urugʻdoshlik munosabatlari yoʻqolib, yashagan joylari nomi bilan atalib kelgan. Uygʻurlarning togʻli hududlardagi va chorvachilik bilan shugʻullangan qismi koʻchmanchi hayotga moslashgan. Ular 646-yil Sharqiy Turk xoqonligi hududida Uygʻur xonligini tiklagan. Uygʻur Oʻrxun xoqonligi (Uygʻur xoqonligi) davrida (744—840) uning barcha fuqarolari "Uygʻur" deb, 9-asrda Uygʻurlarning Idiqut (Turfon) davlati Xitoy manbalarida "Kuju xonligi" deb nomlangan. 11-asrda uning hududi gʻarbda Kuchar shahridan Buyuk Xitoy devorigacha choʻzilgan boʻlib, arab manbalarida "bilod Uygʻur" yoki "Yugʻur"(alMarvaziy) deb qayd etilgan.

Uygʻurlar mamlakati qadimiy madaniyat oʻchoqlaridan hisoblanadi, bu hududda koʻplab qadimiy davlatlar, shaharlar mavjud boʻlgan. Uygʻurlar qadimdan turli yozuvlardan (26 ta) foydalangan. Ular 5—6-asrlardan boshlab maxsus uygʻur yozuvi ishlata boshlashgan. Qadimiy uygʻur musiqa sanʼati Xitoy musiqasiga katta taʼsir koʻrsatgan. Uygʻur xalqi musiqasining gavhari boʻlgan 12 maqom 16-asrda Omonnisoxon tomonidan tartibga solingan. U. hayotida tosh, suyak, kumush, mis va temirdan turli zebziynat buyumlari yasash rivojlangan. Ular qadimdan jun, ipak, paxtadan maxsus dastgohlarda mato toʻqishgan. Mil. boshlarida (3-asr) ular tomonidan ishlab chiqarilgan qogʻoz, arxeologik qazishmalar natijasida topilgan qogʻoz nusxalarining eng qad.si hisoblanadi.

Uygʻurlar — Markaziy Osiyodagi qadimgi turkiyzabon xalqlarning biri hisoblanadi. Xitoyning Shinjon uygʻur avtanom rayonining tub xalqi. Shu bilan birga Qozogʻistonda, Qirgʻizistonda, Oʻzbekistonda va Yaqin Sharq mamlakatlarida yashashadi. Umumiy soni 8,5 million kishi. (2001). Uygʻur- Markaziy Osiyodagi qadimgi turkiyzabon xalqlarning biri hisoblanadi. Hozirgi XXR, Shinjon uygʻur avtanom. rayonining tub xalqi. Tili — turkiy tilining janub. — sharq guruhiga kiradi. 15 asrlarda Jetisuvga maʼlum miqdori koʻchirilgan Uygʻurlarni taranchi (dehqon)deb atagan.

Uygʻur xoqonligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]


Uygʻur xoqonligi (745—840) — Markaziy Osiyoning sharqida turkiy tilli qabilalar barpo etgan oʻrta asrlik mamlakat. Selenga, Oʻrxon, Toʻla daryolarining joqasiga joylashgan. 8 asrning boshlanishida yaglakar urugʻi boshlagan toʻqqiz-oʻgʻiz qabilalar ittifoqi Sharqiy turk hoqonligiga qarshi oʻz mustaqilliklari uchun jang qildi. Asta sekinlik bilan ular bir mamlakat boʻlib tashkil topdi. Yangi mamlakat Uygʻur hoqonligi deb ataldi. 744-yili Sharqiy turk hoqonligining lashkarlari ustidan gʻalaba qozongan ular siyosiy va mudofa kuchlarini ilk bor oʻz qarmogʻiga oldi. Sharqiy turk hoqonligining oʻrniga yangi mamlakat — Uygʻur hoqonligi tashkil topdi. Uning poytaxti — Orxon daryosi yoqasidagi Qorabalasagʻun shahri boʻldi. Ilk hoqoni Peylo (746) boʻldi. Uninh davrida mamlakat hududi Oltoy togʻlaridan Katta Xinganga, Sayan qirgʻoqlaridan janubda Gobi choʻligacha kengaydi. Peylo vafotidan keyin uning oʻgʻli Moʻyinshoʻr taxtga oʻtirdi (746—759). U yanada mamlakatni kengaytirib, Markaziy Osiyo bilan va Xitoy bilan aloqa oʻrnatti. Moʻyinshoʻr Tivani oʻz tarkibiga qoʻshib oldi. Uygʻur hoqonligi shu darajada kuchaydiki 757 yili Xitoyda Sugʻdlik An Lu-shan boshchiligidagi isyonchilar isyonga chiqqanida Xitoy imperatori Moʻyinshoʻrdan madad soʻradi. Uygʻur hoqonligi turkiyzabon koʻchmanchi qabilalarning ittifoqi natijasida tashkil topgan oʻrta asrlik mamlakat boʻldi. Bosh mansab hoqonning qoʻlida boʻldi. Aholisi asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullandi. Shahar, qoʻrgʻon, qishloq barpo etish rivojlandi. Kulolchilik esa rivojlana boshladi. Siriya alifbosi asosida uygʻur alifbosi tashkil topdi. Uygʻurlarning maʼlum miqdori buddizm diniga mansub boʻlsa, 8 asrning oxirlarida manixey diniga koʻcha boshladi. Aytish joizki, xalqning asosiy qismi tangriga sigʻindi. Uygʻur zadagonlarining oʻzaro kurashishlari va qabilalarning isyonga koʻp chiqishi natijasida 8 asrning oxirlarida hoqonlik zaiflashdi. Oxiri 840-yili Enisoy qirgʻizlarining bosqinchiligidan hoqonlik batomom quladi. Uygʻurlarning Oltoy bilan Tarbagʻatoy orasidagi Qarluq hoqonligiga qochdi. Qolgani Sharqiy Turkiston bilan Gansu hududidan boshpana topdi. Uygʻur hoqonligi yuz yilga yaqin Xitoyning Markaziy Osiyoga oʻtishiga toʻsiq boʻldi.