Reyxskansler
Reyxskansler (nemischa: Reichskanzler ), toʻgʻrisi imperiya kansleri - kayzer Germaniyasi va Veymar Respublikasidagi hukumat boshligʻi (bosh vazirga teng) lavozimi. Reyxskansler 1918 yilga qadar imperator tomonidan tayinlangan, 1918-yildan keyin reyxsprezident (Germaniya prezidenti) tayinlagan, lekin un (reyxskansler)ga nisbatan reyxstag saylovlarida gʻalaba qozongan partiya deputatlari tomonidan ishonchsizlik votumi eʻlon qilinishi mumkin boʻlgan, shuning uchun odatda reyxskansler reyxstagning partiya tarkibidan kelib chiqib tayinlangan.
Reyxskansler (nem. Reichskanzler) — 1871 — 1945-yillarda Germaniyada hukumat boshligʻi.[1]
1933 yilda Adolf Gitler reyxskansler etib tayinlangan, shundan keyin Veymar Respublikasi oʻzgarmas dohiy fyurer bilan birga Uchinchi reyxga oʻzgargan (1934 yilda prezidentlik lavozimi bekor qilingan). Gitler oʻz joniga qasd qilgach, 1945-yil 30 apreldan 1 mayga qadar Yozef Gebbels bir kun reyxskansler boʻlgan (oʻz joniga qasd qilguncha), shundan keyin kansler lavozimini Flensburgdagi Karl Dyonits hukumatida graf Lyudvig Shverin fon Krozig bajargan.
GFR kansleri haqida Germaniya federal kanslerlariga qarang.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |