Iroda Toʻlaganova
Iroda To`laganova | |
---|---|
Tavalludi |
7-yanvar 1982-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Iroda Toʻlaganova (1982-yil 7-yanvarda tugʻilgan) — oʻzbek professional tennischisi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2000), „Oʻzbekiston iftixori“ (2001). Tennis boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Butunjahon oʻsmirlar oʻyinlari bronza medali sovrindori (1998, Moskva), qizlar oʻrtasida Osiyo (1999, Fukuoka), „Uimbldon“ chempionatlari (1999, London) va AQSH ochiq chempionati (1999, Nyu-York) gʻolibi. 1998 yildan professional tennischi, WTA tasnifiga kiruvchi 3 ta musobaqada gʻolib boʻlgan (2000, Toshkent; 2001, Vena; 2001, Nokke-Xeyt). Osiyo oʻyinlari gʻolibi (2002, Pusan). „Shuhrat“ medali bn mukofotlangan (1998)[1]. 2010-yildan Oʻzbekiston tennis federatsiyasi vitse-prezidenti, 2020-yildan shuningdek, Osiyo tennis federatsiyasi vitse-prezidenti[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 7-yanvarda tugʻilganlar
- 1982-yilda tugʻilganlar
- „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchilar
- Shuhrat medali sohiblari
- Wimbledon ayollar yakka chempionlari
- US Open ayollar juftlik chempionlari
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar
- Oʻzbekiston tennischilari