Kontent qismiga oʻtish

Toʻdakoʻl suv ombori

Koordinatalari: 39°51′35″N 64°51′20″E / 39.859686°N 64.855645°E / 39.859686; 64.855645
Ushbu maqola xushsifat maqolalar sarasiga kiradi.
Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(To'dako'l Suv Omboridan yoʻnaltirildi)

Toʻdakoʻl suv ombori

Toʻdakoʻlning janubi-gʻarbiy qirgʻogʻi
Morfometriya
Maydoni 210 km²
Dengiz sathidan balandligi 223,5 m
Sigʻimi 1,2 km³ (boshqa maʼlumotlarga koʻra, umumiy hajmi 0,8 km³[1])
Oʻrtacha chuqurligi 4,8
Xarakteristikasi
Toʻldirilgan yili 1952
Toʻgʻon balandligi 4 m
Havzasi
Quyiladigan irmoqlar Amudaryo, Zarafshon (Amu-Buxoro mashina kanali)
Joylashuvi
Hudud Qiziltepa tumani, Navoiy viloyati
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Koordinatalar 39°51′35″N 64°51′20″E / 39.859686°N 64.855645°E / 39.859686; 64.855645
Map
Toʻdakoʻl suv ombori xaritada

Toʻdakoʻl suv ombori — Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida joylashgan suv ombori. 1952-yilda Zarafshon sel suvlarining Toʻdakoʻl pasttekisligiga oqib tushishi natijasida tabiiy ravishda hosil boʻlgan. Buxoro shahridan sharqiy yoʻnalishda 26 km uzoqlikdagi tabiiy soylikda, Quyimozor suv omborining sharqiy qismida joylashgan. Ushbu suv havzasi 1968-yilda suv omboriga aylantirilgan[1].

Suvi qisman minerallashgan[1]. Taʼmi achchiq-shoʻrtob boʻlib, dengiz suvi taʼmiga oʻxshaydi[2].

1977-yilda rekonstruksiya qilingan. Toʻliq hajmi 1,2 km³ (boshqa maʼlumotlarga koʻra, umumiy hajmi 0,8 km³[1]). Suv yuzasining maydoni 210 km², oʻrtacha chuqurligi 4,8 m. Toʻgʻonining balandligi 4 m, maksimal quvvati 46,0 m³/sek. Oʻrtachoʻl kanali orqali Zarafshon daryosining ortiqcha suvlarini oʻzida toʻplaydi, Amu-Buxoro mashina kanali orqali Amudaryodan toʻldiriladi[1].

Suv omborida Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan jonivorlar, oʻrdaklar oilasiga mansub qushlar, oqqushlar, Amudaryo katta kurakburuni, jayron, tulkilarni koʻrish mumkin[3].

1960-yilda suv ombori negizida 30 ming gektar maydonga ega Toʻdakoʻl qoʻriqxonasi tashkil etilgan[1].

2020-yilda suv ombori qirgʻogʻida yangi kurort — „Silk Road family repost“ turistik plyaj zonasi ochildi. Bu voqeadan bir necha hafta oʻtgach, Toʻdakoʻl Quyimozor suv ombori bilan birga Ramsar konvensiyasiga kiritildi[4][3][5].

Toʻdakoʻl suv ombori Buxoro shahridan sharqda, 26 km uzoqlikda[6], tabiiy choʻl pastligida (dengiz sathidan 223,5 m balandlikda) joylashgan[1]. Uning gʻarbida Quyimozor suv ombori qurilgan. Oʻrtachoʻl kanali orqali Zarafshon daryosining ortiqcha suvlarini toʻplaydi, Amu-Buxoro mashina kanali orqali Amudaryodan toʻldiriladi. Kanalning etak qismidagi yerlarni qoʻshimcha suv bilan taʼminlaydi. Tutashtiruvchi kanal orqali Quyimozor suv omboriga suv beradi. Toʻdakoʻl suv ombori suvi qisman minerallashgan[1].

Suv ombori tabiiy ravishda 1952-yilda Zarafshon sel suvlarining Toʻdakoʻl pasttekisligiga oqib tushishi natijasida hosil boʻlgan[7]. Bu suv havzasi negizida 1968-yilda suv ombori ishga tushirilgan va 1977-yilda rekonstruksiya qilingan[1].

Toʻdakoʻl suv omborining maydoni 210 km², hajmi 1,2 km³ (boshqa maʼlumotlarga koʻra, umumiy hajmi 0,8 km³[1]). Suv ombori burchaklari yassisimon uchburchak shaklga ega. Oʻrtacha chuqurligi (21-asr boshiga kelib) 4,8 metr. Toʻgʻon balandligi 4 metr, inshootning maksimal suv chiqarish imkoniyati 46,0 m³/s[1].

Florasi va faunasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sohil florasi asosan yulgʻun va qamishzorlardan iborat[7].

Sayoz chuqurlik va quyoshning jadal isishi tufayli Toʻdakoʻlda suv oʻsimliklari, mikroorganizmlar va umurtqasiz hayvonlar koʻp. Koʻl Oʻrta Osiyoga xos baliqlarga, xususan, zogʻora baliq, leshch, laqqa baliq va boshqa turlarga boydir[7].

Toʻdakoʻl qirgʻoqlari

Toʻdakoʻl suv omborida Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan oq dumli suvburgut va uzun dumli suvburgut, shuningdek, yirik chomga, olaqanot, qizil burunli oʻrdak, aythya fuligula, mergus merganser, mergellus albellus, circus aeruginosus, buteo rufinus, buteo rufinus, miqqiy, chroicocephalus ridibundus, fulica atra[8][9], anser anser, oqqushlar, pelikanlar mavjud. Suvda suzuvchi qushlarni asosan janubga mavsumiy migratsiya paytida dam olishini kuzatish mumkin. Tuvaloqlar oilasiga kiruvchi qushlar qirgʻoq boʻyidagi chakalakzorlarda uchraydi[7].

Suv havzalaridagi Amudaryo katta kurakburuni va baqra baligʻi yoʻqolib ketish xavfi ostida[3].

Toʻdakoʻl sohilidagi sutemizuvchilardan jayron, tulki, tolay tovushqoni, yovvoyi mushuk bor[7].

1960-yilda suv ombori negizida 30 ming gektar maydonga ega Toʻdakoʻl qoʻriqxonasi tashkil etilgan[1]. Toʻdakoʻlda hozirda muhofaza qilinadigan hududlar yoʻq[10]. Oʻzbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan suv omborini Ramsar konvensiyasiga kiritish maqsadida „Toʻdakoʻl va Quyimozor suv omborlari — Yangi Ramsar hududi“ loyihasi amalga oshirildi[11].

Toʻdakoʻl sohilidagi dam olish maskani

Toʻdakoʻl suv omborida baliq tutiladi. Oʻzbekistonda baliqchilik tarmogʻi denatsionalizatsiyalashtirilgach (2003-yil), ustav kapitali 1 mln 230 ming AQSh dollari boʻlgan „Aqua-Tudakul“ qoʻshma oʻzbek-amerika korxonasi tuzildi[12]. Korxona baliq yetishtirish va ovlash, shuningdek, Toʻdakoʻlni muhofaza qilish bilan shugʻullanadi. 2006-yilda ovlangan baliq 816 tonnani tashkil etdi (ilgari havzada atigi 150—170 tonna baliq ovlangan)[13]. Baliqlar asosan Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Turkiyaga eksport qilinadi. 2010-yilda korxona daromadi 300 million soʻmdan ortiqni tashkil etdi (eksport hajmi — 172,4 ming AQSh dollari). „Aqua-Tudakul“da ilk bor sunʼiy suv havzalarda baliq yetishtirish metodidan foydalanilgan[14].

Suv ombori qirgʻogʻida „Silk Road family repost“ turistik plyaj hududi[15][16][17] va Navoiy kon-metallurgiya kombinatiningLazurnaya“ dam olish maskani mavjud[18]. Dam oluvchilar bu yerga suzish, quyoshda toblanish va hatto baliq ovlash uchun ham tashrif buyurishadi[2].

Suv ombori atom elektr stansiyasini qurish uchun 2018-yilda yagona[19], 2019—2020-yillarda esa ikki maydondan biri[20] boʻlgan. Alaloqibat AES Tuzkon koʻlida qurilishi rejalashtirildi[21].

  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 „Toʻdakoʻl suv ombori“ OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. 2,0 2,1 „To‘dako‘l ko‘lidagi dam olish maskani“. uzbekistan.travel. Qaraldi: 2023-yil 15-iyul.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Toʻdakoʻl va Quyimozor suv omborlari Ramsar konvensiyasi roʻyxatiga kiritildi“. Yuz.uz (2020-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 13-iyul.
  4. „Тудакуль и Куйимазар вошли в Рамсарскую конвенцию“. Gazeta.uz. 2020-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-sentyabr.
  5. „To`dako`l va Quyimozor suv omborlari Ramsar konvensiyasi ro`yxatiga kiritildi“. darakchi.uz (2020-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 13-iyul.
  6. „Вода — жизненно важный ресурс для Узбекистана // Публикация в поддержку Целей развития тысячелетия. Цель 7: Обеспечение экологической устойчивости. Ташкент: ПРООН, 2007. С. 30“. wash.earthforever.org. 2020-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-dekabr.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 Oʻzbek sovet ensiklopediyasi: 11-jild (Tekislik — Fazliy). Toshkent: „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ Bosh redaksiyasi, 1978 — 656-bet. 
  8. „Anons.uz — Олег Кашкаров. По Республике прошла зимняя переписка водоплавающих птиц на водоемах и водохранилищах“. 2014-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-fevral.
  9. „Econews.uz — Олег Кашкаров. Международная перепись водно-болотных птиц IWC-2014: результаты по Узбекистану“. 2014-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-iyun.
  10. Крейцберг-Мухина Е., Крейцберг А., Быкова Е.. Проблемы охраняемых природных территорий Узбекистана и возможные пути их решения / Экологическая безопасность и гражданская инициатива, № 3 (ru). O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi „Fan“ nashriyoti — 4—16-bet. ISBN 5-648-03110-6. 
  11. „Мой город — Узбекистан намерен включить водоемы Куйимазар и Тудакуль в Рамсарский список“. www.mg.uz. 2019-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-dekabr.
  12. „Oliy sudda singan umid. To‘dako‘l ishi arzimas sabab bilan quyiga uloqtirildi“. Kun.uz (2022-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 13-iyul.
  13. Умар Я. Рыбы становится больше // Информационное агентство Узбекистана, 25.11.2006“. www.cawater-info.net. 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-dekabr.
  14. „Узинформ — Новые инкубаторы для разведения рыбы“ (ru). www.uzinform.com. 2019-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-dekabr.
  15. „Станет ли Тудакуль «Пальмой-де-Майоркой» Узбекистана“. Nuz.uz. 2020-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-sentyabr.
  16. „В Бухаре прошла церемония открытия туристического кластера «Bukhara Desert Oasis & Spa» (фоторепортаж)“. Uzdaily.uz. Qaraldi: 2020-yil 17-sentyabr.
  17. „To‘dako‘l kurortida nimalar bor?“. oz.sputniknews.uz (2020-yil 20-avgust). Qaraldi: 2023-yil 13-iyul.
  18. „Навоийский горно-металлургический комбинат — Анна Афиногеева. Отдохните на лазурном берегу“. 2014-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan.
  19. „Выбрана потенциальная площадка для строительства АЭС“. Gazeta.uz. 2018-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-sentyabr.
  20. „Возможные площадки АЭС — у озера Тузкан и водохранилища Тудакуль“. Gazeta.uz. 2020-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-sentyabr.
  21. „Узбекская АЭС (Тузкан)“. Atomic-energy.ru. 2020-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-sentyabr.



Ushbu maqolani tinglang (6 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 16-mart, 2024-yil(2024-03-16) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.