Shoʻr yerlar melioratsiyasi
Shoʻr yerlar melioratsiyasi - 22- 40 Otabek Axmedov nima gap tuproqning oʻsimlik ildizi tarqaladigan qatlamidan qishloq xoʻjaligi ekinlari hosili va sifatini pasaytiruvchi suvda eriydigan ortiqcha zararli (zaharli) tuzlarni chiqarib tashlash jarayoni. Sugʻoriladigan dehqonchilik mintaqalarida Shoʻr yerlar melioratsiyasim. juda katta xoʻjalik ahamiyatiga ega, chunki qishloq xoʻjaligida foydalanilayotgan yerlarning qariyb 60—65% u yoki bu darajada shoʻrlangan (faqat Oʻzbekistonning oʻzida turli darajada shoʻrlangan yerlar maydoni 2,4 mln.ga dan (66,7%) ortiq). Shoʻr yerlar melioratsiyasim. gidrotexnik melioratsiya vaagrotexnika tadbirlari majmui orqali amalga oshiriladi. Meliorativ tadbirlar majmui shoʻr yuvishda suvni juda kam sarflagan holda tuproqdagi oʻsimlik uchun zarur oziq moddalar va ularning rivojlanishi uchun qulay tuproq suvfizik xossalarini saqlashda eng yuqori samarani taʼminlashi kerak. Tuproqdan namning bugʻlanish miqdorini tartibga soluvchi samarali drenaj, ratsional sugʻorish rejimi va agrotexnika (attmashlab ekish, yerlarni tekislash, tuproqqa ekish oldidan va qator oralariga ishlov berish va boshqalar)ni qoʻllash qayta shoʻrlanish imkonini keskin pasaytiradi. Shoʻr yerlar melioratsiyasim.da sugʻoriladigan uchastkalar va yer massivlari boʻylab ihota oʻrmon mintaqalari tashkil etish, tuproqning shoʻrlanish darajasiga koʻra kapital va profilaktik shoʻr yuvishning optimal muddatlari hamda normalarini toʻgʻri belgilash muhim ahamiyatga ega.
Gidromorf va oraliq tipdagi tuproqlarda shoʻri yuvilgan yerlarning qayta shoʻrlanishini bartaraf etish uchun suv berish rejimini belgilashda tuz profili, aeratsiya zonasidagi tuproqgrunt tuzilishi, grunt suvlari rejimi, ularning chuqurligi va minerallashish darajasi hisobga olinadi. Shunga muvofiq gidromodul boʻyicha rayonlashtirish uslubi, sugorish usullari va suv berish texnikasi takomillashtiriladi. Shoʻrxok yoki shoʻrlanishga moyil tuproklarda kimyoviy melioratsiya (ohaklash, gipslash, kislota eritmalaridan foydalanish) bilan qoʻshib olib boriladigan maxsus shoʻr yuvish texnologiyasi koʻllaniladi (yana qarang Yer shoʻrini yuvish).
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kamilov O.K., Melioratsiya zasolyonnmx pochv Uzbekistana, T., 1985.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |