Roar Strand
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 2-fevral 1970-yil | ||
Tavallud joyi | Trondheim, Norvegiya | ||
Boʻyi | 1.79 m | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1989—2010 | Rosenborg | 645 | (121) |
1993 | → Molde (ijara) | 23 | (9) |
2013—2015 | Mosvik | 11 | (4) |
2016 | Melhus | 14 | (8) |
Milliy terma jamoa | |||
1994—2003 | Norvegiya | 42 | (4) |
Boshqargan klublari | |||
2022— | Rosenborg (yordamchi) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Roar Strand (talaffuzi: Roar Strann; 1970-yil 2-fevralda tugʻilgan) — norvegiyalik sobiq professional futbolchi, faoliyatining asosiy qismini Rosenborgda, yarim himoyachi sifatida oʻtkazgan. Norvegiya terma jamoasi safida 42 marta maydonga tushgan. Norvegiya oliy divizionida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan toʻrtinchi oʻyinchi hisoblanadi. 16 ta liga chempionligini va besh martadan koʻproq Norvegiya futbol kubogini qoʻlga kiritgan.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Strand Trondheimda tugʻilgan va deyarli butun faoliyatida Rosenborgda oʻynagan, 1993-yilgi mavsumda Molde FKga ijaraga berilgan. 1989-yilda debyut qilgan, 2010-yilda nafaqaga chiqqan. Asosan yarim himoya ampluasida harakat qilgan, ammo qanot hujumchisi va qanot himoyachisi sifatida ham oʻynagan
Strand „Rosenborg“ bilan UEFA Chempionlar Ligasida 11 ta oʻyinda ishtirok etgan. Norvegiya Premyer-divizionida eng koʻp oʻyin oʻtkazganlar roʻyxatida uchinchi oʻrinda turadi[1].
Roar Strand Norvegiya Tippeligasida 400 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. 400-oʻyini 2008-yil 21-sentyabr yakshanba kuni HamKamga qarshi oʻtgan. 2009-yil 19-aprel yakshanba kuni Rosenborg BK dagi 600-oʻyinni oʻtkazdi. Bunga Norvegiya oliy divizioni, Norvegiya kubogi, Yevropa kuboklari va Qirollik ligasi ham kiradi[2].
Strand Manchester United futbolchisi Ryan Giggs bilan ketma-ket 21 mavsumda gol urish boʻyicha Yevropa rekordida teng ketishmoqda[3].
Strand Chempionlar Ligasi tarixida bir klub bilan musobaqada 100 yoki undan ortiq oʻyin oʻtkazgan atigi 19 nafar futbolchidan biridir.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Strand 1986—1989-yillarda vataninig turli yoshlar jamoalarida oʻynagan oʻnta oʻyin oʻtkazib, oltita gol urgan. 1990-yilda Norvegiya U21 terma jamoasiga chaqirilgan
1994-yili 1994-yilda AQShda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati uchun milliy terma jamoaga chaqirilgan, ammo musobaqada o‘ynamagan. Debyuti 5-iyun kuni Jahon chempionatiga saralashi doirasida Shvetsiyaga qarshi o‘yinda (2:0) bo‘lgan
Strand 1998-yilda Fransiyada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida va 2000-yilda Belgiya hamda Gollandiyada oʻtkazilgan futbol boʻyicha Yevropa chempionatida ishtirok etgan. 2003-yilda nafaqaga chiqdi.
Strand Norvegiya terma jamoasi safida 42 o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urgan[4].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klubda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1-noyabr, 2009-yil holatiga koʻra
Klub | Mavsum | Liga | Norvegiya kubogi | Qitʼa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Division | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Rosenborg | 1989 | Tippeligaen | 12 | 0 | 2 | 0 | 1 | 0 | 15 | 0 |
1990 | 19 | 6 | 6 | 0 | 2 | 0 | 27 | 6 | ||
1991 | 22 | 3 | 4 | 0 | 2 | 1 | 28 | 4 | ||
1992 | 17 | 1 | 3 | 1 | 1 | 0 | 21 | 2 | ||
1994 | 22 | 6 | 5 | 1 | 4 | 2 | 31 | 9 | ||
1995 | 23 | 4 | 8 | 0 | 8 | 2 | 39 | 6 | ||
1996 | 23 | 3 | 3 | 0 | 10 | 1 | 36 | 4 | ||
1997 | 23 | 2 | 3 | 1 | 8 | 4 | 34 | 7 | ||
1998 | 23 | 12 | 4 | 2 | 8 | 1 | 35 | 15 | ||
1999 | 13 | 4 | 3 | 0 | 12 | 1 | 28 | 5 | ||
2000 | 17 | 5 | 1 | 0 | 10 | 3 | 28 | 8 | ||
2001 | 25 | 8 | 2 | 2 | 8 | 1 | 35 | 11 | ||
2002 | 19 | 2 | 3 | 0 | 7 | 0 | 29 | 2 | ||
2003 | 18 | 2 | 5 | 4 | 7 | 1 | 30 | 7 | ||
2004 | 23 | 4 | 4 | 1 | 10 | 1 | 37 | 6 | ||
2005 | 23 | 4 | 2 | 2 | 9 | 1 | 34 | 7 | ||
2006 | 18 | 3 | 5 | 0 | - | - | 23 | 3 | ||
2007 | 19 | 2 | 1 | 1 | 9 | 0 | 30 | 3 | ||
2008 | 20 | 4 | 1 | 1 | 7 | 0 | 29 | 5 | ||
2009 | 22 | 1 | 2 | 0 | 2 | 0 | 26 | 1 | ||
2010 | 15 | 3 | 2 | 0 | 2 | 0 | 16 | 3 | ||
Molde (ijara) | 1993 | Tippeligaen | 23 | 9 | 6 | 2 | - | - | 29 | 11 |
Jami faoliyati | 439 | 88 | 75 | 18 | 127 | 19 | 642 | 125 |
Terma jamoada
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Terma jamoa | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
1994-2003 | Norvegiya | 42 | 4 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rosenborg
- Norvegiya oliy divizioni (16): 1990, 1992, 1994, 1995, 1996, 1997, 1998[5], 1999, 2000, 2001, 2002, 2004 , 202 , 201
- Norvegiya kubogi : 1990, 1992, 1995, 1999, 2003
Individual
- Kniksen 1998-yilning eng yaxshi yarim himoyachisi sifatida taqdirlangan
- 2001-yilda Kniksen faxriy mukofoti
- Norvegiya futbol assotsiatsiyasining oltin soati
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Flest kamper“ (no). Norwegian Broadcasting Corporation (2006-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 28-noyabr.
- ↑ „Roar i 600“ (no). Rosenborg BK. 2009-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 20-aprel.
- ↑ Ashdown, John. „Is Ryan Giggs a goalscoring record breaker?“. London: guardian.co.uk (2009-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2009-yil 1-noyabr.
- ↑ „Roar Strand“. 2010-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Mestvinnende spillere“ (no). Norwegian Broadcasting Corporation (2006-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2010-yil 2-noyabr.