Kontent qismiga oʻtish

Gender tengligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Oʻzbekistonda gender tengligidan yoʻnaltirildi)
Gender tengligi ramzi

Gender tengligi va jinsiy tenglik, aniqrogʻi: erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tenglik — bu oilada va jamiyatda erkaklar va ayollar oʻrtasida teng huquqlarga erishishni nazarda tutadigan tushuncha va boshqa qonuniy munosabatlar. Baʼzi tadqiqotchilarning fikriga koʻra , gender tengligi — bu patriarxal tizimdan keyingi ijtimoiy-jinsiy munosabatlarning keyingi bosqichi. Gender tengligi tamoyili insonning shaxs sifatida paydo boʻlishiga toʻsqinlik qiladigan barcha ijtimoiy toʻsiqlarni oʻrganish va yoʻq qilish, shuningdek, hayotning barcha sohalarida erkaklar va ayollar shaxsiyatini anglash uchun teng ijtimoiy imkoniyatlarni yaratishdan iborat.

Oʻzbekistonda gender tengligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston gender tengligi koʻrsatkichi roʻyxatida 2019-yildan boshlab qatnashishni boshladi. 2019-yil holati boʻyicha Oʻzbekistonning gender tengligi koʻrsatkichi roʻyxatdagi 189 mamlakat ichida 62-oʻrinni egalladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) ekspertlarining fikriga koʻra, Oʻzbekistondagi har 100 000 dan 29 ayol gender tengsizlik tufayli vafot etishi va 15-19 yoshdagi har ming oʻspirin qiz uchun tugʻish koʻrsatkichi 23,8 ni tashkil qiladi.

Gender tengligi koʻrsatkichi roʻyxati boʻyicha 62-oʻrinda Oʻzbekiston bilan bir qatorda Kosta-Rika va Urugvay ham 0,288 koʻrsatkichi bilan qayd etilgan. Oʻrta Osiyo davlatlari oʻrtasida Qozogʻiston 44-chi, Qirgʻiziston 82-chi, Tojikiston 70-chi oʻrinlarni egallashgan, Turkmanistonda esa bu roʻyxatda hech qanday maʼlumot koʻrsatilmagan.

Oʻzbekistonda 2019-yil 2-sentabrda 562-sonli Oʻzbekiston Respublikasi „Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida“gi Qonuni qabul qilingan.Oʻzbekistonda Gender tenglik boʻyicha Komissiya 2019-yildan boshlab ish yuritib keladi. Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasining raisi hisoblanadi.

BMT va gender tengligi

2015-yilda Pokiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gender tengligi va ayollarning huquqlarini kengaytirish boʻyicha boʻlimi tomonidan hisobot tayyorlandi. Bu hisobot „BMT-ayollar“ deb tanilgan.

Hisobotning markaziy masalalaridan biri ayollarni ish bilan taʼminlash masalasi edi. Hisobot mualliflarining fikriga koʻra, oliy maʼlumotli ayollar soni tarixiy maksimal darajaga yetganiga qaramay, ularning ish bilan taʼminlanish holati achinarli koʻrinishga ega. Universitetlarni imtiyozli diplom bilan tugatgan yosh qizlar, ayniqsa, tibbiyot va matematika kabi fanlardan yosh yigitlarni tobora ortda qoldirishlariga qaramay, ish topa olmaydilar. Hatto ish topishga muvaffaq boʻlganlar ham har doim ham ijtimoiy ishonchsizlik tufayli oʻzlarini ishonchli his qila olmaydilar. Ushbu masala rivojlanayotgan mamlakatlarda ayniqsa dolzarb boʻlib, ularda ayollarning 75 foiz ish oʻrinlari, ish beruvchi tomonidan qonuniy majburiyatlari himoyalanmaganini tashkil etadi.

Hisobotda taʼkidlanganidek, rivojlangan mamlakatlarda gender tengligi holati ham ideal darajadan uzoq emas. Masalan, Shvetsiya va Fransiyada ayollar erkaklarnikiga nisbatan maoshlaridagi farq 31 foizga kam, Germaniyada 49 foizga kamroq, Turkiyada esa 75 foizga teng. Hisobot mualliflarining fikriga koʻra, gender tengsizligiga qarshi kurashning asosiy choralari butun dunyo boʻylab ayollarni yaxshi ish joylari bilan taʼminlash huquqi kerak.