Kontent qismiga oʻtish

Mugʻ qalʼa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mug`tepadan yoʻnaltirildi)

Mugʻ qalʼa, Qalʼai Mugʻ — istehqom qalʼa xarobasi (VVI-asrlar). Qum daryosining Zarafshon daryosiga kelib quyilish qismidagi (Tojikiston) togʻ choʻqqisi ustiga qurilgan 2 qavatli qasr-qoʻrgʻon. Bu qurilish undan avvalgi inshoot oʻrnida amalga oshirilgan boʻlishi ehtimol. Chunki, qad. yunon manbalarida zabt etish mushkul boʻlgan „sugʻd qoyalari“ haqida maʼlumotlar uchraydi. Olimlarning fikricha, Mugʻ qalʼa shunday istehkom „qoya“lardan biri boʻlgan. Oʻrta asr yozma manbalarida Mugʻ qalʼaga nisbatan abargar nomi ishlatilgani ham maʼlum. Bu sugʻdcha atamaning maʼnosi „togʻ ustidagi“ demakdir. Mugʻ qalʼada 1932-yilda tasodifan bir sugʻdcha hujjat topilishi uning haroba qoldiklarida arxeologik qazish ishlari boshlanishiga sabab boʻldi. 1932—33 yillarda A. V. Vasilyev, 1947-yilda V. A. Voronin oʻrgangan. Mugʻ qalʼada oʻtkazilgan qazishmalar natijasida mustahkam devor bilan oʻralgan ixcham hovli yuzasi hamda qamal holatda yashashga moʻljallangan xoʻjalik va turar joy binolari majmuidan iborat qoʻsh qavatli inshoot qoldiklari namoyon boʻldi. Yuzlab moddiy ashyoviy topilmalar bilan bir qatorda Mugʻ qalʼa harobalarida sugʻd, qadimiy turkiy, xitoy va arab yozuvlari bilan bitilgan 80 ta hujjatdan iborat qad. arxiv qoʻlga kiritildi (yana qarang Mugʻ qalʼa hujjatlari). Mugʻ qalʼa yozma yodgorliklarining guvoxdik berishicha, qalʼa arab istilosi davrida (722-yil) vayronaga aylantirilgan. Mugʻ qalʼada Panch (ilk oʻrta asr Panjikenti) qokimi Devashtich oʻz yaqinlari va arkoni davlati bilan qamal qilinib asir olingan, keyinchalik qatl etilgan. Inshoot esa buzib tashlangan.

  • Sogdiyskiy sbornik. Sbornik statey o pamyatnikax sogdiyskogo yazika i kulturi, naydennix na gore Mug, L., 1934; Sogdiyskiye dokumenti s gori Mug, M., 1962— 1963; Ishoqov M., Soʻgʻdiyona tarix chorrahasida, T., 1990; Unutilgan podsholikdan xatlar, T., 1992.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil