Kontent qismiga oʻtish

Moʻlali botigʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mo'lali botig'idan yoʻnaltirildi)

Moʻlali botigʻi — Qizilqumdagi botiq. Navoiy viloyatining Tomdi tumanida, Taxtatov va Yetimtogʻ tizmalarining janubiy etaklarida joylashgan. Janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa yoʻnalgan. Uzunligi 38-42 km, eni 10-30 km. Eng chuqur joyining mutlaqbal. 150 m. Oʻrtacha chuq. 35-40 m. Qadimda bir necha marta dengiz bosgan, neogen davridan boshlab Moʻlali botigʻi qoz. shaklini ola boshlagan. Uchlamchi va toʻrtlamchi davr choʻkindi jinslari qum, gil va qumtoshlardan iborat. Botiqning janubiy qismida tekis, koʻzanakli doʻng, marzali qum shakllari tarkib topgan. Ilgari Moʻlali botigʻidan tuz qazib olingan. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —2,5°, iyulniki 27—29°. Yillik yogʻin 100— PO mm. Moʻlali botigʻida shoʻrxok, shoʻrtob, taqir, qumli, togʻlarga yaqin joylarda esa shagʻalli tuproqlar uchraydi. Qumli yerlarda iloq, oq saksovul, qandim, astragal, shuvoq, efemerlar, shoʻrxok kumliklarda qora saksovul, qorabaroq, sarsazan, baʼzan, yulgʻun, shohilak tarqalgan. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, kaltakesak, ilon, yumronqoziq, qoʻshoyoq, qumsichqon va boshqa yashaydi. Moʻlali botigʻida qishda va yozda qorakoʻl qoʻylar, yilqi boqiladi. Yaylovlarning mahsuldorligi gektariga 0,5—1 s.

MOʻLDATOV — Ichki Tyanshandagi togʻ tizmasi. Qirgʻizistonda, Soʻnkoʻldan janubida. Gʻarbdan sharqqa choʻzilgan. Koʻkoʻmeren, Soʻnkoʻl va Norin daryolari oraligʻida. Uzunligi 150 km. Eng baland joyi 4100 m. Asosan, ohaktoshdan tuzilgan. Yon bagʻirlarining quyi qismi togʻ dasht oʻsimliklari bilan qoplangan, undan yuqorida qoraqaragʻay, archa va boshqa oʻsadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil