Louise Glück
Louise Glück | |
---|---|
Tavalludi |
Louise Elisabeth Glück 22-aprel 1943-yil New York shahri |
Vafoti | 13-oktyabr 2023[1][2] |
Fuqaroligi | AQSH |
Taʼlimi |
|
Kasbi | Yozuvchi |
Faoliyat yillari | 1968- hozirga qadar |
Turmush oʻrtogʻi | Jon Dranou (1977—1996) |
Bolalari | 1 ta |
Mukofotlari |
|
Louise Elisabeth Glück (ɡlɪk, GLICK[3][4]; 1943-yil 22-aprelda tugʻilgan) — Amerikalik shoira va essenavis. U adabiyot boʻyicha 2020-yilda Nobel mukofotiga sazovor boʻldi[5]. Uning boshqa mukofotlari orasida Pulitzer mukofoti, Milliy gumanitar fanlar medali, Milliy kitob mukofoti va Bollingen mukofoti bor. U 2003-yildan 2004-yilgacha Qoʻshma Shtatlar shoiri laureati boʻlgan.
Glück New-Yorkda tugʻilgan va Long-Islandda oʻsgan. U oʻrta maktabda nevroz anoreksiyasi bilan ogʻriy boshladi va keyinchalik kasallikni yengdi. U Sara Lourens kolleji va Kolumbiya universitetida oʻqigan, ammo ilmiy darajaga ega boʻlmagan. U yozuvchi boʻlishdan tashqari bir qancha ilmiy muassasalarda she’riyatdan dars bergan.
Glück koʻpincha avtobiografik shoir sifatida tasvirlanadi, uning ishi oʻzining hissiy intensivligi, shaxsiy tajriba va zamonaviy hayotni aks ettirish uchun mifologiya yoki tabiat tasvirlaridan tez-tez foydalanishi bilan ajralib turadi.
Glück - Yel universitetining sheʼriyat professori. U oʻz vaqtini Massachusets shtatidagi Cambridge va Vermont shtatidagi Montpelier universitetlariga ajratishga harakat qilasi[6][7]
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Glück 1943-yil 22-aprelda New-Yorkda tugʻilgan. U biznesmen Daniel Glück va uy bekasi Beatris Glückning tirik qolgan ikki qizining kattasi hisoblanadi[8].
Glückning onasi asli rus yahudiysi boʻlgan[9]. Uning bobosi va buvisi Teresia va Henrik Glück, oʻsha paytdagi Vengriya Qirolligi, Avstriya-Vengriya imperiyasi (hozirgi Ruminiya) hududida, Bixar tumanidagi Ermihayfalvadan venger yahudiylari edi, uning bobosi Feldmann és Glück daraxt kesish kompaniyasini boshqargan[10][11]. Ular 1900-yil dekabr oyida Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtib oziq ovqat doʻkonini yurita boshlashdi[12]. Glückning otasi Amerika Qoʻshma Shtatlarida tugʻilgan va u yozuvchi boʻlishni xohlardi, lekin qaynogʻasi bilan biznesga kirishdi. Ular birgalikda X-Acto pichogʻini ixtiro qilganlarida muvaffaqiyatga erishdilar[13]. Glükning onasi Uelsli kollejini bitirgan. Bolaligida Glükning ota-onasi unga yunon mifologiyasini va Janna d'Arkning hayoti kabi klassik hikoyalarni oʻrgatishgan. U yoshligidanoq sheʼr yozishni boshlagan.
Oʻsmirlik davrida Glükda nevroz anoreksiya rivojlandi[14][15], bu uning oʻsmirligi va erta balogʻat yoshidagi asosiy muammoga aylandi. Bir maqolada u kasallikni onasidan mustaqilligini isbotlashga urinish natijasi deb taʼriflagan. Boshqa joyda u oʻzining kasalligini opasining oʻlimi bilan bogʻlagan. New-Yorkning Xyulett shahridagi Jorj Xyulett oʻrta maktabida u psixoanalitik davolanishni boshladi. Bir necha oy oʻtgach, 1961-yilda oʻrta maktabni tugatgan boʻlsa-da, reabilitatsiyaga eʼtibor qaratish uchun taʼlimdan voz kechdi. Bu qarori haqida u shunday deb yozgan: Men qachondir oʻlishimni angladim, aniqroq, intuitivroq bilganim shundaki, oʻlishni xohlamaganman.[16]. U keyingi etti yilni terapiyada oʻtkazdi, uning aytishicha, bu unga kasalligini yengishga yordam bergan va qanday fikrlashni oʻrgatgan[17].
Ahvoli tufayli Glük kollejga kunduzi oʻqiydigan talabalar bilan bormadi. U terapiya foydasiga oliy maʼlumotdan voz kechish qarorini zarur deb taʼrifladi: ... mening hissiy holatim, xatti-harakatlarimning haddan tashqari qattiqligi va marosimlarga oʻta qaramligim oʻrganishning boshqa shakllarini imkonsiz qildi[18]. Buning oʻrniga u Sara Lourens kollejida sheʼriyat darslarida qatnashdi va 1963—1966-yillarda Kolumbiya universitetining umumiy fanlar maktabidagi sheʼriyat toʻgaraklarida qatnashdi, ularda ilmiy darajaga ega boʻlmagan talabalarga kurslar taklif qilinar edi[19][20][21]. U yerda Leoni Adams va Stenli Kunitzdan tahsil oldi.U bu oʻqituvchilarni shoir sifatida yetishishida muhim ustozlar deb bilgan.
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sheʼriyat toʻgaraklarida qatnashayotganda Glük sheʼrlarini nashr eta boshladi. Uning birinchi nashri Mademoiselle jurnalida boʻlib, tez orada “Poetry”, “The New Yorker”, “The Atlantic Monthly”, “The Nation” va boshqa nashrlarda she’rlari chop etildi[22][23]. Kolumbiyani tark etgach, Glük oʻzini kotiblik ishlari bilan band qildi[24]. U 1967-yilda kichik Charlz Gertsga turmushga chiqdi[25]. 1968-yilda Glük oʻzining birinchi sheʼrlar toʻplami Firstbornni nashr etdi va tanqidchilarning olqishiga sazovor boʻldi. Sharhda shoir Robert Xass kitobni ogʻir, badiiy va ogʻriqli deb taʼriflagan[26]. Nashr qilinganidan keyin Glükk uzoq vaqt davomida xech narsa yoza olmdi, uning aytishicha, u Vermontdagi Goddard kollejida sheʼriyatdan dars bera boshlagan 1971-yildan keyin tuzalgan[27][28]. Bu vaqt ichida yozgan sheʼrlari uning ikkinchi kitobi The House on Marshland (1975), da toʻplangan boʻlib, koʻplab tanqidchilar uning yutuq ishi sifatida baholadilar[29].
1973-yilda Glük Noah ismli farzandni dunyoga keltirdi[30]. Kichik Charlz Xerts bilan nikohi ajralish bilan yakunlandi va 1977-yilda u Goddard kollejida yozgi yozuvchilik dasturini boshlagan muallif Jon Dranoga turmushga chiqdi[31]. 1980-yilda Dranou va shoir Ellen Bryant Voigtning eri Frensis Voigt xususiy tijorat kolleji sifatida Nyu-England pazandachilik institutiga asos solishdi. Glük va Brayant Voigt institutning dastlabki sarmoyadorlaridan boʻlgan va direktorlar kengashida ishlagan[32].
1980-yilda Glükning Descending nomi ostida uchinchi toʻplami chiqdi. U oʻzining ohangi va mavzusi uchun bir oz tanqidga uchradi: masalan, shoir Greg Kuzma Glyukni The Drowned Children sheʼri tufayli bolalarni yomon koʻrishda aybladi[33]. Umuman olganda, kitob yaxshi qabul qilindi. Meri Kinzi The American Poetry Review jurnalida kitobni yuqori baholadi[34]. Shoir va tanqidchi J. D. Makklatchi «Sheʼriyat» asarida yozganida, bu kitob Glükning avvalgi ishiga nisbatan oldinga sezilarli qadam va yilning eng yaxshi kitoblaridan biri ekanligini taʼkidladi. Oʻsha yili Glükning uyi yongʻinga uchradi, bu uning mulkining koʻp qismini yoʻqotishiga olib keldi. [26]
Ushbu fojiadan soʻng Glük sheʼr yozishni boshladi, keyinchalik uning mukofotga sazovor boʻlgan The Triumph of Achilles (1985) asari toʻplanadi. The New York Timesning jurnaliti yozuvchi va tanqidchi Liz Rosenberg toʻplamni Glyukning oldingi ishiga qaraganda aniqroq, tozaroq va keskinroq deb taʼriflagan[35]. The Georgia Review jurnalida yozgan tanqidchi Piter Stittning taʼkidlashicha, kitob Glükning zamonamizning muhim shoirlaridan biri ekanligini koʻrsatadi[36]. Toʻplamdan feministik madhiyaga qiyoslangan «Mock Orange» sheʼri[37] «antologiya» deb atalgan[38].
1984-yilda Glük Massachusets shtatidagi Uilyams kolleji fakultetiga ingliz tili kafedrasida katta oʻqituvchi sifatida ishga kirdi[39]. Uning otasi keyingi yili vafot etdi[40]. Bu yoʻqotish uni Ararat (1990) nomli yangi sheʼrlar toʻplamini boshlashga undadi, uning nomi Ibtido kitobidagi suv toshqini haqidagi hikoyaga ishora qiladi. 2012-yilda The New York Times uchun yozgan tanqidchi Duayt Garner uni soʻnggi 25 yil ichida nashr etilgan Amerika sheʼriyatining eng zoʻravon va qaygʻuli kitobi deb atadi. Ushbu toʻplamdan soʻng Glük oʻzining eng mashhur va tanqidiy eʼtirofga sazovor boʻlgan kitoblaridan biri «The Wild Iris» (1992)ni chiqardi, unda bogʻ gullari bogʻbon va xudo bilan hayotning tabiati haqida suhbatlashadi. U Weekly tomonidan «poetry of great beauty» aks etgan "important book" sifatida eʼtirof etilgan[41]. The Christian Science Monitor uchun yozgan tanqidchi Elizabet Lund buni «a milestone work» deb atadi[42]. 1993-yilda u Pulitzer mukofotini qoʻlga kiritib, Glükning taniqli amerikalik shoir sifatidagi obroʻsini mustahkamladi[43].
1990-yillar Glükga adabiy muvaffaqiyat olib kelgan boʻlsa-da, bu shaxsiy mashaqqatli davr edi. Uning Jon Dranou bilan nikohi 1996-yilda ajralish bilan yakunlandi, bu holat ularning biznes munosabatlariga taʼsir qildi, natijada Dranou Nyu-England pazandachilik institutidagi lavozimidan chetlatildi[44][45]. Glük oʻz tajribalarini ijodiga yoʻnaltirdi va faoliyatining samarali davriga yetib keldi. 1994-yilda u «Proofs & Theories: Essays on Poetry» deb nomlangan insholar toʻplamini nashr etdi. Keyin u sevgining tabiati va nikohning tanazzuliga oid sheʼrlar toʻplamini «Meadowlands» (1996) yaratdi[46]. U yana ikkita toʻplamni yaratdi: «Vita Nova» (1999) va «The Seven Ages» (2001).
2004-yilda, 2001-yil 11-sentabrdagi teraktlarga javoban Glük Oktabr nomli kitobni nashr etdi. Olti qismga boʻlingan bitta sheʼrdan iborat boʻlib, u jarohat va azob-uqubatlarni oʻrganish uchun qadimgi yunon mifologiyasiga tayanadi[47]. Oʻsha yili u Yel universitetida Rozenkranz yozuvchisi unvoniga sazovor boʻldi[48].
Yel fakultetiga qoʻshilganidan beri Glük sheʼrlar nashr etishda davom etdi. Uning shu davrda nashr etilgan kitoblari orasida “Averno” (2006), «A Village Life» (2009), «Faithful and Virtuous Night»(2014) bor. 2012-yilda uning yarim asrlik she’rlaridan iborat «Poems: 1962–2012» nomli toʻplamining nashr etilishi adabiy voqelik deb ataldi[49]. Uning yana bir insholar toʻplami «American Originality» deb nomlangan va 2017-yilda chop etilgan[50].
2020-yil oktabr oyida Glük adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti bilan taqdirlandi va bu mukofot 1901-yilda taʼsis etilganidan beri adabiyot boʻyicha oʻn oltinchi ayol laureati boʻldi[51]. COVID-19 pandemiyasi sabab boʻlgan cheklovlar tufayli u oʻz mukofotini uyida qabul qilib oldi[52]. 2021-yilda Glükning «Winter Recipes from the Collective» toʻplami nashr etildi. 2022-yilda u Yeldagi she’riyat amaliyoti boʻyicha Frederik Iseman professori unvoniga sazovor boʻldi[53].
Oila
[tahrir | manbasini tahrirlash]Glükning katta opasi Glük tugʻilishidan oldin vafot etgan. Uning singlisi Tereza (1945—2018) Citibankda vitse-prezident boʻlib ishlagan undan tashqari yozuvchilik bilan ham shugʻullangan, 1995-yilda «May You Live in Interesting Times» kitobi uchun Ayova shtatidagi qisqa fantastika mukofotini qoʻlga kiritgan[54]. Glükning jiyani Abigayl Savage aktrisalik bilan shugʻullanadi[55].
Faoliyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tashqi videofayllar | |
---|---|
Bu video lavhada Lannan jamg'armasining 2016-yilgi tadbirida Glük o'z she'rini o'qib muhokama qilib bergan. (9 daqiqa) |
Glükning ishi akademik tadqiqot mavzusi boʻlgan va shunday boʻlib qoladi. Uning hujjatlari, jumladan, qoʻlyozmalar, yozishmalar va boshqa materiallar Yel universitetining Beyneke nomli noyob kitoblar va qoʻlyozmalar kutubxonasida saqlanadi[56].
Kitoblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sherlar toʻplami
[tahrir | manbasini tahrirlash]- «Firstborn» Yangi Amerika kutbxonasi nashrioyti 1968-yil.
- «The House on Marshland» Ecco Press nashriyoti 1975-yil. ISBN 978-0-912946-18-4
- «Descending Figure» Ecco Press nashriyoti 1980-yil. ISBN 978-0-912946-71-9
- «The Triumph of Achilles» Ecco Press nashriyoti 1985-yil. ISBN 978-0-88001-081-8
- «Ararat» Ecco Press nashriyoti 1990-yil. ISBN 978-0-88001-247-8
- «The Wild Iris» Ecco Press nashriyoti 1992-yil. ISBN 978-0-88001-281-2
- «Meadowlands» Ecco Press nashriyoti 1997-yil. ISBN 978-0-88001-452-6
- «Vita Nova» Ecco Press nashriyoti 1999-yil. ISBN 978-0-88001-634-6
- «The Seven Ages» Ecco Press nashriyoti 2001-yil. ISBN 978-0-06-018526-8
- «Averno» Farrar, Straus va Giroux nashriyoti 2006-yil. ISBN 978-0-374-10742-0
- «A Village Life»Farrar, Straus va Giroux nashriyoti 2009-yil ISBN 978-0-374-28374-2
- «Poems: 1962–2012»Farrar, Straus va Giroux nashriyoti 2012-yil ISBN 978-0-374-12608-7
- «Faithful and Virtuous Night» Farrar, Straus va Giroux nashriyoti 2014-yil ISBN 978-0-374-15201-7
- «Winter Recipes from the Collective»Farrar, Straus va Giroux nashriyoti 2021 ISBN 978-0-374-60410-3
Omnibus nashrlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- «The First Four Books of Poems» Ecco Press nashriyoti 1995-yil ISBN 978-0-88001-421-2
- «The First Five Books of Poems» Carcanet Press nashriyoti 1997-yil. ISBN 978-1-857543-12-4
Kitoblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- «The Garden» 1976-yil.
- «October» 2004-yil. ISBN 978-1-932511-00-0
Toʻplamlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- «Proofs and Theories: Essays on Poetry» Ecco Press nashriyoti 1994-yil. ISBN 978-0-88001-442-7
- «American Originality: Essays on Poetry» Farrar, Straus va Giroux nashriyoti 2017-yil. ISBN 978-0-374-29955-2
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rokfeller fondi stipendiyasi (1967)[57]
- Milliy sanʼat jamgʻarmasi stipendiyasi (1970)[58]
- Ijodiy sanʼat boʻyicha Guggenxaym stipendiyasi (1975)[59]
- Milliy sanʼat jamgʻarmasi stipendiyasi (1979)[60]
- Amerika sanʼat va adabiyot akademiyasining adabiyot boʻyicha mukofoti (1981)[61]
- Ijodiy sanʼat boʻyicha Guggenxaym stipendiyasi (1987)[62]
- Milliy sanʼat jamgʻarmasi stipendiyasi (1988)[63]
- Uilyams kollejining faxriy doktori (1993)[64]
- Amerika sanʼat va fanlar akademiyasi aʼzosi (1993)[65]
- Vermont shtati shoiri (1994—1998)[66]
- Skidmor kollejining faxriy doktori (1995)[67]
- Midlberi kollejining faxriy doktori (1996)[68]
- Amerika sanʼat va adabiyot akademiyasi, saylangan aʼzosi (1996)[69]
- Lannan adabiy mukofoti (1999)[70]
- Massachutes texnologiya instituti gumanitar fanlar, sanʼat va ijtimoiy fanlar maktabining, 50 yillik yubiley medali, (2001)[71]
- Bollingen mukofoti (2001)[72]
- Amerika Qoʻshma Shtatlari shoir mukofoti laureati (2003—2004)[73]
- Amerika shoirlari akademiyasining Uolles Stivens mukofoti (2008)[74]
- Zamonaviy Amerika sheʼriyati uchun Eyken Teylor mukofoti (2010)[75]
- Amerika yutuqlar akademiyasi, faxriy aʼzosi (2012)[76]
- Amerika falsafa jamiyati, faxriy aʼzosi (2014)[77]
- Amerika sanʼat va adabiyot akademiyasi sheʼriyat uchun oltin medali (2015)[78]
- Milliy gumanitar fanlar medali (2015)[79]
- Transtremer mukofoti (2020)[80]
- Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti (2020)[81]
- Dartmut kollejining faxriy doktori (2021)[82]
Alohida ishlari uchun mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- «The Triumph of Achilles» uchun Melvil Keyn mukofoti (1985)[83]
- «The Triumph of Achilles» uchun Milliy kitob tanqidchilari toʻgaragi mukofoti (1985)[84]
- «Ararat» uchun Rebekka Johnson Bobbitt milliy sheʼriyat mukofoti (1992)[85]
- «The Wild Iris» uchun William Carlos William mukofoti (1993)[86]
- «The Wild Iris» uchun Pulitzer mukofoti (1993)[87]
- «Proofs & Theories: Essays on Poetry» uchun PEN/Marta Albrand Birinchi Non-fantastik mukofoti (1995)[88]
- «Vita Nova» uchun Ambassador Kitob mukofoti (2000)[89]
- «Averno» uchun Ambassador Kitob mukofoti (2007)[90]
- «Averno» uchun LL Winship/PEN New England mukofoti (2007)[91]
- Los-Anjeles Timesning sheʼriyat uchun mukofoti 1962–2012 (2012)[92]
- «Faithful and Virtuous Night» uchun Milliy kitob mukofoti (2014)[93]
Bundan tashqari, «The Wild Iris», «Vita Nova» va «Averno» Milliy kitob mukofotining finalchilari boʻldi[94]. «The Seven Ages» Pulitzer mukofoti va Milliy kitob tanqidchilari toʻgaragi mukofotining finalchisi edi[95]. «A Village Life» Milliy kitob tanqidchilari toʻgaragi mukofoti va Griffin xalqaro sheʼriyat mukofoti finalchisi boʻlgan[96]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title) — Le Monde.
- ↑ https://www.bbc.com/news/entertainment-arts-54447291
- ↑ https://www.loc.gov/nls/about/organization/standards-guidelines/efgh/#g
- ↑ https://www.nobelprize.org/prizes/literature/2020/summary/
- ↑ https://us.macmillan.com/author/louisegluck/
- ↑ https://www.sevendaysvt.com/vermont/book-review-winter-recipes-from-the-collective-louise-gluck/Content?oid=34704087
- ↑ https://archive.org/details/poetrylouisegluc00morr
- ↑ https://archive.org/details/poetrylouisegluc00morr
- ↑ https://szombat.org/tortenelem/az-ertol-az-oceanig-a-nobel-dijas-louise-e-gluck-magyar-gyokerei
- ↑ https://scotty-berlin.de/wp-content/uploads/2020/12/AJW07-10.pdf
- ↑ https://scotty-berlin.de/wp-content/uploads/2020/12/AJW07-10.pdf
- ↑ https://www.washingtonpost.com/archive/lifestyle/2003/08/29/gluck-to-be-poet-laureate/c168beab-27d5-4b4d-8156-e5b6dbe99598/
- ↑ https://www.washingtonpost.com/archive/lifestyle/2003/08/29/gluck-to-be-poet-laureate/c168beab-27d5-4b4d-8156-e5b6dbe99598/
- ↑ https://www.nytimes.com/2012/11/09/books/louise-gluck-poems-1962-2012.html
- ↑ Глюк, Луиза. Доказательства и теории: Очерки поэзии. п. 11.
- ↑ http://www.achievement.org/autodoc/page/glu0int-1
- ↑ Глюк, Луиза. Доказательства и теории: Очерки поэзии. п. 13.
- ↑ Моррис, Дэниел. Поэзия Луизы Глюк: тематическое введение. п. 28.
- ↑ https://books.google.com/books?id=noCrAgAAQBAJ&q=%22louise+gluck%22+columbia+1963&pg=PA252
- ↑ https://arts.columbia.edu/news/louise-gl%C3%BCck-2020-winner-nobel-prize-literature
- ↑ Зуба, Джесси (2016). Первая книга: Поэтическая карьера двадцатого века в Америке. Принстон: Издательство Принстонского университета. п. 128.
- ↑ https://www.washingtonpost.com/entertainment/books/book-world-louise-glucks-poems-1962-2012/2012/12/27/c54fa088-4a02-11e2-ad54-580638ede391_story.html
- ↑ https://www.neh.gov/humanities/2016/fall/feature/louise-gl%C3%BCck
- ↑ Моррис, Дэниел (2006). Поэзия Луизы Глюк: тематическое введение. п. 29.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2020-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-iyun.
- ↑ https://www.neh.gov/humanities/2016/fall/feature/louise-gl%C3%BCck
- ↑ https://books.google.com/books?id=uTBCXqOou0YC&q=louise+gluck+vermont+encyclopedia&pg=PA138
- ↑ Morris, Daniel. The Poetry of Louise Glück: A Thematic Introduction. p. 4.
- ↑ https://www.washingtonpost.com/archive/lifestyle/2003/08/29/gluck-to-be-poet-laureate/c168beab-27d5-4b4d-8156-e5b6dbe99598/
- ↑ https://www.sevendaysvt.com/vermont/vermonts-struggling-culinary-school-plans-its-next-course/Content?oid=2332056
- ↑ https://www.sevendaysvt.com/vermont/vermonts-struggling-culinary-school-plans-its-next-course/Content?oid=2332056
- ↑ „arxiv nusxasi“. 31-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyun 2022-yil.
- ↑ https://www.jstor.org/stable/27777028
- ↑ https://www.nytimes.com/1985/12/22/books/geckos-porch-lights-and-sighing-gardens.html
- ↑ Stitt, Peter (1985). "Contemporary American Poems: Exclusive and Inclusive". The Georgia Review. 39 (4): 849–863.
- ↑ http://blog.pshares.org/index.php/speaking-against-silence/
- ↑ https://communications.williams.edu/news-releases/poet-louise-gluck-at-williams-college-awarded-coveted-bollingen-prize/
- ↑ https://communications.williams.edu/news-releases/poet-louise-gluck-at-williams-college-awarded-coveted-bollingen-prize/
- ↑ https://www.liherald.com/fivetowns/stories/a-zest-for-life-beatrice-glck-of-woodmere-dies-at-101,33097?
- ↑ https://www.publishersweekly.com/978-0-88001-281-2
- ↑ https://www.csmonitor.com/1993/0107/07141.html
- ↑ https://www.pulitzer.org/winners/louise-gluck
- ↑ https://www.sevendaysvt.com/vermont/vermonts-struggling-culinary-school-plans-its-next-course/Content?oid=2332056
- ↑ https://issuu.com/7days/docs/012600-vol.05-no.22
- ↑ https://www.poetryfoundation.org/poets/louise-gluck
- ↑ Azcuy, Mary Kate (2011), "Persona, Trauma and Survival in Louise Glück's Postmodern, Mythic, Twenty-First-Century 'October'", Crisis and Contemporary Poetry, Palgrave Macmillan UK, pp. 33–49,
- ↑ https://yaledailynews.com/blog/2004/11/09/gluck-waxes-poetic-on-work/
- ↑ https://theamericanscholar.org/creative-paralysis/
- ↑ https://www.goodreads.com/book/show/29939146-american-originality
- ↑ https://www.theguardian.com/books/2020/oct/08/louise-gluck-wins-the-2020-nobel-prize-in-literature
- ↑ https://apnews.com/article/europe-oslo-nobel-prizes-coronavirus-pandemic-berlin-2eff5024db4fab77e46ead2f39f4bf20
- ↑ https://news.yale.edu/2022/05/11/louise-gluck-named-frederick-iseman-professor-practice-poetry
- ↑ https://writersworkshop.uiowa.edu/about/iowa-short-fiction-awards
- ↑ https://www.legacy.com/obituaries/nytimes/obituary.aspx?n=tereze-gluck&pid=191030681&fhid=10713
- ↑ https://archives.yale.edu/repositories/11/resources/5489/collection_organization
- ↑ https://www.rockefellerfoundation.org/wp-content/uploads/Annual-Report-1967-1.pdf
- ↑ https://www.arts.gov/grants/recent-grants/literature-fellowships/list-by-year?field_year_value=All&field_lit_fellows_type_value=3&title=Louise+Gluck
- ↑ https://www.gf.org/fellows/all-fellows/louise-gluck/
- ↑ https://www.arts.gov/grants/recent-grants/literature-fellowships/list-by-year?field_year_value=All&field_lit_fellows_type_value=3&title=Louise+Gluck
- ↑ https://artsandletters.org/awards/
- ↑ https://www.gf.org/fellows/all-fellows/louise-gluck/
- ↑ https://www.arts.gov/grants/recent-grants/literature-fellowships/list-by-year?field_year_value=All&field_lit_fellows_type_value=3&title=Louise+Gluck
- ↑ https://commencement.williams.edu/honorary-degrees/
- ↑ https://www.amacad.org/person/louise-elisabeth-gluck
- ↑ https://www.amacad.org/person/louise-elisabeth-gluck
- ↑ https://www.skidmore.edu/news/2020/1008-gluck.php
- ↑ http://www.middlebury.edu/newsroom/archive/archive/1998/node/264220
- ↑ http://www.middlebury.edu/newsroom/archive/archive/1998/node/264220
- ↑ https://lannan.org/literary/detail/louise-gluck
- ↑ http://web.mit.edu/shass/soundings/issue_01s/dep_celebration_01s.html
- ↑ https://bollingen.yale.edu/poet/louise-gluck
- ↑ https://bollingen.yale.edu/poet/louise-gluck
- ↑ https://poets.org/academy-american-poets/prizes/wallace-stevens-award
- ↑ http://thesewaneereview.com/aiken-taylor-award
- ↑ https://achievement.org/our-history/golden-plate-awards/#the-arts
- ↑ https://achievement.org/our-history/golden-plate-awards/#the-arts
- ↑ https://achievement.org/our-history/golden-plate-awards/#the-arts
- ↑ https://www.neh.gov/about/awards/national-humanities-medals/louise-gl%C3%BCck
- ↑ https://www.svt.se/nyheter/lokalt/vastmanland/poeten-louise-gluck-far-transtromerpriset-2020
- ↑ https://www.nobelprize.org/prizes/literature/2020/summary/
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-iyun.
- ↑ The Triumph of Achilles
- ↑ https://www.bookcritics.org/awards/past/
- ↑ https://www.loc.gov/poetry/prize-fellow/bobbitt.html
- ↑ https://books.google.com/books?id=noCrAgAAQBAJ&q=%22louise+gluck%22+columbia+1963&pg=PA252
- ↑ https://www.pulitzer.org/prize-winners-by-year/1993
- ↑ Proofs & Theories: Essays on Poetry
- ↑ https://web.archive.org/web/20080820011218/http://www.esuus.org/books_across_sea_ambassador_books_awards_past_winners_1986_2002.htm
- ↑ https://web.archive.org/web/20080820011813/http://www.esuus.org/books_across_sea_2007.htm
- ↑ https://www.jfklibrary.org/about-us/news-and-press/press-releases/pen-new-england-and-the-jfk-presidential-library-announce-winners-of-the-2007-hemingway-foundation-p
- ↑ https://www.jfklibrary.org/about-us/news-and-press/press-releases/pen-new-england-and-the-jfk-presidential-library-announce-winners-of-the-2007-hemingway-foundation-p
- ↑ https://www.nationalbook.org/awards-prizes/national-book-awards-2014/
- ↑ https://www.nationalbook.org/people/louise-gluck/
- ↑ https://www.pulitzer.org/finalists/louise-gluck
- ↑ http://www.griffinpoetryprize.com/awards-and-poets/shortlists/2010-shortlist/louise-gluck/
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Louise Glück Kongress kutubxonasidan onlayn manbalar
- Louise Glück Papers. Yal Amerika adabiyoti toʻplami, Beinecke nodir kitoblari va qoʻlyozmalar kutubxonasi.