Kontent qismiga oʻtish

Keniya havo yoʻllari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kenya Airwaysdan yoʻnaltirildi)

Keniya havo yoʻllari (inglizcha: Kenya Airways) — shtab-kvartirasi Nayrobida joylashgan Keniya milliy aviakompaniyasi[1].

Aviakompaniya Afrika, Yevropa va Hindiston yarimoroliga parvozlarni amalga oshiradi. Kompaniyaning asosiy aeroporti Jomo Keniyata xalqaro aeroporti, havo transportining asosiy yoʻnalishi Mombasa shahrida joylashgan Moi xalqaro aeroportidi[1].

Tarix va umumiy maʼlumot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aviakompaniya 1977-yil fevral oyida Sharqiy Afrika hamjamiyatining qulashi va Sharqiy Afrika havo yoʻllari tugatilgandan soʻng darhol tashkil etilgan. Keniya havo yoʻllari davlat aviakompaniyasi sifatida yaratilgan va 1996-yil apreligacha toʻliq mamlakat hukumatiga tegishli boʻlgan[1].

1994-yilda Xalqaro Moliya Korporatsiyasi kompaniyani roʻyxatdan oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish uchun aviakompaniyaga oʻz maslahatchilarini tayinladi. 1995-yilda Keniya havo yoʻllari Gollandiyaning KLM aviakompaniyasi bilan korporativ shartnoma imzoladi, unga koʻra KLM Keniya aviatashuvchisining 26% ulushini sotib oldi va uning eng yirik aktsiyadoriga aylandi. 2004-yil aprel oyida Keniya havo yoʻllari oʻzining Kenya Airways Cargo yuk boʻlinmasini taqdim etdi va oʻsha yilning iyul oyida Flamingo Airlines bilan qayta birlashdi va unga mamlakatning ichki yoʻnalishlarida aviatashuvchi funktsiyalarini topshirdi.

Aviakompaniyaning 2005-yil 30-sentabrda yakunlangan 6 oylik hisobotiga koʻra, Keniya Keniya havo yoʻllarining soliqlardan keyingi sof daromadi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 48% ga oshib, 2,231 milliardga yetdi. Hisobot davrida aviakompaniya xizmatlaridan 1,2 milliondan ortiq kishi foydalangan.

2006-yil mart oyida Keniya havo yoʻllari 7 yil ichida beshinchi marta nufuzli Afrikaning eng yaxshi aviakompaniyasi mukofotini oldi. 2006-yil uchun tashilgan yoʻlovchilar soni 2,6 million kishiga yetdi[1].

2007-yil mart holatiga koʻra aviakompaniya 2408 nafar xodimga ega edi. Keniya havo yoʻllarining eng yirik aktsiyadorlari Keniya xususiy egalari — 30,94%, KLM (hozirda Air France-KLM xoldingi) — 26%, Keniya hukumati — 23%, mamlakat investitsiya banklari — 14,2% va xususiy xalqaro egalari — 1,39%. Kenya havo yoʻllari Tanzaniyaning Precision Air aviakompaniyasining 49% ga egalik qiladi[1].

2021-yil avgust oyida Keniya havo yoʻllari floti o‘rtacha yoshi 9,6 yil bo‘lgan 39 ta samolyotdan iborat edi:[2]

Samolyot turi Xizmatda Buyurtma qilingan Yoʻlovchi sigʻimi
C Y Jami
Boeing 737-300 2 kargo
Boeing 737-700 2 16 100 116
Boeing 737-800 8 16 129 145
Boeing 777-300ER 3 28 372 400
Boeing 787-8 Dreamliner 9 30 204 234
Embraer E190 15 12 84 96
Jami: 39 0
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 https://loukoster.com/aviakompaniya-kenya-airways/
  2. „Kenya Airways Fleet Details and History“. www.planespotters.net. 2020-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-avgust.