Kontent qismiga oʻtish

Hikoyat Abdullayeva

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Hikoyat Abdullayeva
Tavalludi 1918-yil
Vafoti nomaʼlum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Qishloq xoʻjaligi xodimi, kolxozchi
Unvoni
Mukofotlari

Hikoyat Abdullayeva (1918-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR — ?) — kolxozchi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957), KPSS aʼzosi (1956)[1].

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hikoyat Abdullayeva 1918-yil Toshkent shahrida tavallud topgan. Abdullayeva Toshkent viloyati Kalinin (hozirgi Zangiota) tumani „Oʻzbekiston 40 yilligi“ kolxozida sut sogʻuvchi boʻlib ishlagan. Abdullayeva oʻziga biriktirilgan sigirlarning har biridan 1700 kg (1947), 3541 kg (1952), 5874 kg (1956) dan sut sogʻib olgan. Butunittifoq Qishloq Xoʻjalik Koʻrgazmasining oltin va kumush medallari bilan mukofotlangan[2].

  1. OʻzSE 1971, s. 27
  2. OʻzSE 1971, s. 28
  • Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, I tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1971 — 632-bet.