Mulla Gʻoyib
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mulla Gʻoyib, Koʻr Gʻoyib, Gʻoyib — xalq ijodida yaratilgan afsonaviy obraz, baxshilar piri. Fozil Yoʻldosh oʻgʻlidan 1934-yilda yozib olingan. Dostonda tasvirlanishicha, M. Gʻ. buxorolik boʻlib, shu yerda taxsil olgan. Us tozi Eshon Namoz imomlik qilayotganda, orqada imomga iqtido qilib namoz oʻqiyotgan qizlarga ikki bor nazartashlagani uchun koʻr qilingan. Eshon M.Gʻ.ga koʻzining xuni evaziga baxshilarning dastlabki ilhom makoni Murodbaxsh gʻoriga borib tunashga ruxsat bergan. Murodbaxsh gʻori haqidagi afsonaga koʻra, gʻor oldida buloq boʻlib, gʻorning toʻrida vassa (toqi) yoʻnib turgan usta (dev) bor. Agar boʻlajak baxshi gʻor oldida tunab, buloq suvidan ichib, unga kira olsa, usta doʻmbira yasab berib, juda oz fursatda baxshilik yoʻllarini oʻrgatar ekan. Murodbaxsh gʻori oldida tunagan M. Gʻ. ham bexosdan shoirlik salohiyatiga ega boʻlib, Buxoro koʻchalarida qoʻshiq aytib yurganda, sheʼriyatni gunoh sanagan amir uni zindonga tashlatadi. M. Gʻ. zindonda ham soʻz va sozning qadimiyligini, uning Odam Atodan qolganligini kuylab, zindondan qutulib ketadi. Dostonchilikni ilohiy, sirli sanʼat sifatida tushunishdagi qad. tasavvurlarga koʻra, baxshilar M. Gʻ. ni oʻz pirlari hisoblaydilar.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |