Giza
Shahar | |||||
Giza
| |||||
| |||||
' |
|||||
- Butun |
| ||||
arab tili | |||||
Vaqt mintaqasi |
UTC {{{FSUTC}}} |
Giza — Misr (Qohira yaqini)dagi meʼmoriy yodgorliklar saqlangan shahar. Qad. Misrning Memfis shahri hududida Misr firʼavnlari Xeops, Xefren va Mikerinlarga atab barpo etilgan ehrom (piramida)lar ansambli (miloddan avvalgi 3-asr).
Eng ulkan inshoot Xeops ehromi (balandligi 146,6 m, tomonlar asosi 233 m, meʼmori Xemiun) ohaktosh boʻlaklari (ogʻirligi 2,5 t dan 30 t gacha, hammasi taxminan 2300 ming dona) bilan qoplangan: Xefren ehromi (ohaktosh, balandligi 143,5 m, tomonlar asosi 215,25 m) yaqinidagi ibodatxonaning hashamatli zali qirrali ustunlar bilan bezatilgan. "Katta sfinks" (uz. 57 m, balandligi 20 m, miloddan avvalgi 3-asr) qoyalarda joylashgan. Mikerin ehromi (balandligi 62 m, tomonlar asosi 108,4 m) "Dunyoning yetti moʻʼjizasi" tarkibiga kirgan. Har bir ehromga sharqdan ibodatxonalar tutashgan boʻlib, ular oʻtish yoʻllari orqali bir-biri bilan bogʻlangan. Ibodatxonamaqbaralar (aslzodalarning 2-6-sulolalari dafn etilgan 7 mingdan ortiq qabrlar joylashgan), kichik exromlar, mastabalar bor.
Gʻizo, Al-Gʻizo, Gʻizah — Misrdagi shahar, Nil daryosi sohilida, Qohira shahri yaqinida joylashgan. Gʻizo muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 2,2 mln. kishi (1996). Transport yoʻllarining yirik chorrahasi. Mamlakatning muhim savdo (asosan, gʻalla savdo-si) markazi. Tamaki, radiotexnika va mashinasozlik sanoati korxonalari mavjud. Shahardan jan.-gʻarbda dunyoga mashhur qad. Misr ehromlari — Xeops (balandligi 146,6 m), Xefren, Mikerin, shuningdek, Katta Sfinks (hammasi miloddan avvalgi 3-ming yillikning 1-yarmi) saqlangan. Turizm rivojlangan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Giza, virtual tur Pyramids (Wayback Machine saytida 2014-03-16 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |