Gafarova Saxiba Ali qizi
Gafarova Saxiba Ali qizi | |
---|---|
Tavalludi |
1955-yil 19-mart Shamkir shahri, Ozarbayjon SSR, SSSR |
Kasbi | siyosatchi, oʻqituvchi |
Fuqaroligi | Ozarbayjon |
Taʼlimi | F. Axundov nomidagi Ozarbayjon rus tili va adabiyoti pedagogika institutining (Boku Slavyan universiteti) rus tili va adabiyoti fakulteti, Ozarbayjon pedagogika institutining ingliz tili filologiyasi fakulteti |
Mukofotlari | „Hamkorlik rivojiga qoʻshgan hissasi uchun“ ordeni (2022-yil 8-dekabr, Turkmaniston), Ozarbayjondagi taʼlimning rivojlanishida qoʻshgan hissasi uchun „Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi“ (2016-yil 14-dekabr) |
Saxiba Ali qizi Gafarova (ozarbayjoncha: Sahibə Əli qızı Qafarova Sahibə Əli qizi Qafarova) – ozarbayjonlik siyosatchi ayol. U 2020-yil 10-martdan boshlab Ozarbayjon parlamentining spikeri[1][2], filologiya fanlari doktori, professor boʻlib tayinlanadi. " Yangi Ozarbayjon „ partiyasining aʼzosi. Ozarbayjonga xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi (2016) unvoniga sazovar boʻlgan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Saxiba Gafarova 1955-yili 19-martda Shamkir shahrida tavallud topgan.
U M. F. Axundov nomidagi Ozarbayjon rus tili va adabiyoti pedagogika institutining (Boku Slavyan universiteti) rus tili va adabiyoti fakultetini, shu bilan birga, Ozarbayjon pedagogika institutining ingliz tili filologiyasi fakultetini imtiyozli diplom bilan bitirgan. Rus va ingliz tillarida gapira oladi. Oilali, ikki farzandning onasi.
Siyosiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1978—1981 yillar davomida Shamkir shahrida joylashgan umumtaʼlim maktablarda bolalarga taʼlim berib, oʻqituvchi boʻlib ishlaydi.
- 1981-2020 yillari Ozarbayjon rus tili va adabiyoti pedagogika institutida laborant, oʻqituvchi, katta oʻqituvchi, dotsent, professor lavozimlarida ish yuritadi. Ozarbayjon Gʻarbiy universitetida Gʻarbiy tillar fakulteti dekani, Boku slavyan universitetida Yevropa tillari kafedrasi mudiri etib tayinlanadi.
- 2004-2020 yillarda Boku Slavyan universitetining xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori (2010-2020 yillari ixtiyoriy ravishda ishlagan) boʻladi.
- 2006-2007 yillari AQSh Davlat departamentining “Fulbrayt stipendiyasi" dasturi doirasida Michigan universitetining yonidagi Ayollar va gender tadqiqotlari institutida ish olib borgan.
- 2010-2020 yillarda Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisining toʻrtinchi va beshinchi chaqiriqlarida deputat boʻlib ishtirok etadi.
- 2015-2020 yillari Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi Oila, ayollar va bolalar masalalari boʻyicha qoʻmita raisining oʻrinbosari etib tayinlangan.
- 2013-2015 yillarda Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasining gender tengligi, irqchilik va ksenofobiyaga qarshi kurashish boʻyicha quyi qoʻmitalarni boshqaradi.
- 2015-2017 yillari Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi (PACE)da "Ayollar zoʻravonlikdan xoli" nomli parlament tarmogʻining siyosiy koordinatori etib, ayollarga qarata zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha bosh maʼruzachi, shuningdek, Yevropa palatasi Migratsiyasining, qochqinlar va majburiy muhojirlar boʻyicha qoʻmitaning raisi boʻlib, Byuro aʼzosi etib tayinlanadi.
- 2018-2020 yillarda Evronest Parlament Assambleyasining Ozarbayjon delegatsiyasiga rahbarlik qilgan.
Saxiba Gafarova hozirgi kunda Ozarbayjon parlamenti Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo boʻlgan davlatlar Parlamentlararo assambleyasi (MDH PPA)]]ning va Turkiy tilli mamlakatlar parlamentining assambleyasi (TurkPA)dagi delegatsiyaga rahbarlik qiladi.
2016-yili Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Ozarbayjonda taʼlimni rivojlantirishdagi qoʻshgan hissasi uchun „Ozarbayjonga xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi“ hurmatli unvoniga sazovar boʻladi.
Shuningdek, Saxiba Gafarova birqancha darsliklarning, oʻquv qoʻllanmalar, bitta monografiya va 80 dan ortiq ilmiy maqolalarning muallifi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- "Hamkorlik rivojiga qoʻshgan hissasi uchun" ordeni (2022-yil 8-dekabr, Turkmaniston ) – Turkmaniston va Ozarbayjon Respublikasi oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga, shuningdek, Turkmanistonning xalqaro nufuzining davlat va jamoat faoliyatini oshirishga qoʻshgan katta hissasi inobatga olinadi[3].
- „Ozarbayjonga xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi“ (2016-yil 14-dekabr) – Ozarbayjondagi taʼlimning rivojlanishida qoʻshgan hissasi uchun[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Milli Məclisin yeni sədri kimdir? - TƏRCÜMEYİ-HAL“ (az). Report İnformasiya Agentliyi. 2020-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-mart.
- ↑ „Избран новый спикер Милли Меджлиса“ (ru). Информационное Агентство Репорт. Qaraldi: 2020-yil 10-mart.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Указ Президента Туркменистана от 8 декабря 2022 года «О награждении Председателя Милли Меджлиса Азербайджанской Республики Гафаровой Сахибы Али гызы орденом Туркменистана «Hyzmatdaşlygy ösdürmäge goşandy üçin»“. 2023-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-mart.
- ↑ Rasporyajenie Prezidenta Azerbaydjanskoy Respubliki O prisvoenii pochyotnix zvaniy sotrudnikam Bakinskogo slavyanskogo universiteta
- Ozarbayjon professorlari
- Yashayotgan insonlar
- 1955-yilda tugʻilganlar
- 19-martda tugʻilganlar
- “Hamkorlikni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” ordeni ritsarlari
- Ozarbayjon ayollari siyosatda
- Ozarbayjon Milliy Majlisi raislari
- Yangi Ozarbayjon partiyasi a'zolari
- Ozarbayjon Milliy Assambleyasi raislari
- VI chaqiriq Ozarbayjon Milliy Majlisi deputatlari
- Ozarbayjon Milliy Assambleyasining 5-chaqiriq deputatlari
- Ozarbayjon Milliy Majlisining IV chaqiriq deputatlari
- XXI asrning Ozarbayjon siyosatchilari
- Ozarbayjon siyosatchi ayollari
- Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchilar
- Kadrlar: Boku Slavyan universiteti
- Shamkirda tugʻilgan
- Boku Slavyan universiteti bitiruvchilari