Kontent qismiga oʻtish

Algologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Fikologiyadan yoʻnaltirildi)

Algologiya (lotincha: alga — suvoʻt, yun. logos — taʼlimot), fikologiya — botanikaning suv oʻtlarini oʻrganadigan boʻlimi. A.ning oʻrganish ob’ekti bir hujayrali mikroskopik oʻlchamdagi pro-kariot (koʻk-yashil suv oʻtlari, proxlor-fitsimonlar) hamda koʻp hujayrali yirik (uz. 60 m gacha) eukariot (yashil, sariq-yashil, qoʻngʻir, qizil va boshqalar) organizmlardir. Mikroskopik kattalikdagi suv oʻtlari baʼzan mikrobiologiyaning oʻrganish ob’ekti hisoblanadi. A.ning mustaqil fan sifatida rivojlanishi 19-asrning ikkinchi yarmida ota-bo-la Agerdlar hamda Kyutsin de Bari, G. Tyure, N. Prins-geym, L. S. Sentkovskiyning suv oʻtlarining morfologiyasi va sistematikasi sohasidagi tadqiqotlari bilan bogʻliq, 20-asrning ikkinchi yarmida suv oʻtlaridan tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlarida foydalanish borasida erishilgan muvaffaqiyatlar A.ning tez sur’at bilan rivojlanishiga olib keldi. Oʻrta Osiyoda, shu jumladan Oʻzbekistonda A.ning rivojlanishi akademik A. M. Mu-zaffarov nomi bilan bogʻlangan. Uning bevosita ishtiroki va rahbarligida 373Oʻzbekiston algoflorasining tarkibi oʻrganilib, natijada ularning tarqalish qonuniyatlari kashf etildi. Suv oʻtlarni sunʼiy yoʻl bilan koʻpaytirib, ulardan xalq xoʻjaligining turli tarmoqlarida foydalanish mumkinligi ilmiy tomondan tahlil qilindi. Oʻzbekistonda algof-lorani rivojlantirishga qaratilgan yirik ilmiy asarlar nashr etildi. „Oʻrta Osiyo togʻ suv havzalarining suvoʻtlar florasi“, „Suvoʻtlarning geografik tarqalishi“, „Oʻrta Osiyo koʻk-yashil soʻvoʻtlari aniqlagichi“, „Xlorella va uni qoʻllash“, „Oʻrta Osiyo suv havzalari va algoflorasining rivojlanishi va tarqalish qonuniyatlari“, „Oʻrta Osiyo protokokk suv oʻtlari aniqlagichi“ kabi qator asarlar shular jumlasidandir. Bu sohadagi ishlar ayni vaqtda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika institutida davom ettirilmoqda.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil