Kontent qismiga oʻtish

Chumolixoʻrlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Chumolixo‘rlardan yoʻnaltirildi)
Chumolixoʻrlar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Chumolixoʻrlar (Myrmecophagidae) – chala tishlilar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasi[1]. 3 uruqqa mansub 3 turi bor: katta chumolixoʻrlar (gavdasi 100– 120 sm, dumi 60–90 sm, ogʻirligi 18–23 kg), tamandua (gavdasi 55 sm cha, ogʻirligi 3–5 kg), kichik chumolixoʻrlar (gavdasi 18 sm, dumi 20 sm, ogʻirligi 0,5 kg). Katta Ch.ning yelkasi va dumidagi tuklar juda uzun (40 sm), tumshugʻi naysimon, tishlari yoʻq; oldingi oyoqlaridagi tirnogʻi mustahkam, ilmoqsimon qayrilgan. Tamandua va kichik chumolixoʻrlarning dumi tuksiz. Chumolixoʻrlar oqshomda va tunda faol. Asosan, chumoli va termitlar uyasini buzib, ularni yopishqoq uzun (60 sm) tili bilan tutib yeydi. Yilda bitta bola tugʻadi. Chumolixoʻrlar Meksikadan Boliviyagacha boʻlgan joylarda, Braziliya va Shim. Argentinaning tropik oʻrmonlari hamda butazor dashtlarida tarqalgan. Katta chumolixoʻrlar kamayib ketgani uchun muhofazaga olingan.

  1. „Tawny Eagle - Aquila rapax“ (deadlink). The Eagle Directory. 2016-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-yanvar.