Kontent qismiga oʻtish

Boʻyimodaron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bo`yimodarondan yoʻnaltirildi)
Boʻyimodaron
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Boʻyimadaron (Achillea millefolium L.) — qoqidoshlar oilasining dastarbosh turkumiga mansub patsimon bargli koʻp yillik oʻt. Ildiz boʻgʻzidan boʻgʻiz barglari va poyalar oʻsib chiqadi. Poyasi bir nechta, yuqori qismi shoxlangan boʻlib, qalqonsimon toʻpgullar bilan tugallangan. Iyunda gullay boshlaydi; mevasi mayda, yassi pistacha, avgustda yetiladi. Oʻzbekistonda B. turkumining 5 turi uchraydi. B. adir va qirlar, yoʻl yoqalari va oʻrmon chekkalarida oʻsadi. Tarkibida karotin, K va S vitamin, achchiq moddalar bor. Ekstrakti va damlamasi meʼdaichak yarasi kasalliklarini davolash, ishtaha ochish hamda qon toʻxtatish uchun ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil