Boʻri baxshi
Qiyofa
(Bo`ri Baxshidan yoʻnaltirildi)
Boʻri baxshi — Sodiqoʻgʻli (1866 Fargʻona viloyati Dangʻara tumani Qumariq qishlogʻi —1954) — oʻzbek xalq dostonchisi. Boʻri baxshi ning otasi Sulton shoir nomi bilan tanilgan va Fargʻona vodiysi dagi mashhur bax shilardan boʻlgan. Boʻri baxshi dostonchilikni akasi Joʻra baxshidan oʻrgangan, asosan dutor joʻrligida kuylagan. Undan "Alpomish" dostonining varianti — "Masbachcha" dostoni yozib olingan. Boʻri baxshi zamonaviy mavzularda "Hormangiz", "Norin kanali", "Kanalta", "Dangasalar" va boshqa koʻplab termalar yaratgan. Toshkentda oʻtkazilgan xalq ijodkorlari olimpiadasida qatnashgan (1938).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mirzayev T., Xalq baxshilarining epik repertuari, T., 1979.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |