Boʻston sanatoriysi
"BOʻSTON" SANATORIYSI — balneologik kurort. Toshkent shahridan 30 km uzoqlikda, Chirchiq shahrida, dengiz sathidan 550 m balandlikda joylashgan. Maydoni 37,5 ga. Shundan 16 ga mevali bogʻ va manzarali daraxtzorlardan iborat. Iqlimi kontinental: qishi yumshoq, yozi issiq, yanvarning oʻrtacha temperaturasi —1,5°, iyulniki 25°, nisbiy namligi 55%, quyoshli kunlar davomliligi yiliga 2700 soat. Davolash maqsadida kam minerallashgan termal (42°), sulfatkalsiy natriyli kuchsiz ishqorli azotli suv vannalar va ichish uchun, Jizzax viloyati Zomin tumani "Baliqli koʻl"dan olib kelinadigan balchiqdan galvanik balchiq, parafin va ozokerit koʻrinishida foydalaniladi. Bundan tashqari, fizioterapiya, massaj, iqlim bilan davolash usullari ham qoʻllanadi. Sanatoriyda qon aylanish aʼzolari, nerv sistemasi, ginekologik va urologik kasalliklari bor kishilar davolanadi. 400 oʻringa moʻljallangan yotoq korpuslari (bir va ikki oʻrinli), klub, kutubxona, sauna, fitobar mavjud.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |