Yevgeniy Yevtushenko
Yevgeniy Aleksandrovich Yevtushenko | |
---|---|
Evgeniy Aleksandrovich Evtushenko | |
Tavalludi |
Yevgeniy Aleksandrovich Gangnus 18-iyul 1932-yil |
Vafoti | 1-aprel 2017 |
Fuqaroligi | SSSR va Rossiya |
Otasi | Q125631960? |
Veb-sayti | Yevtushenko |
Yevtushenko Yevgeniy Aleksandrovich (1933.18.7, Irkutsk viloyati) — rus shoiri. Birinchi sheʼriy toʻplami „Kelajak razvedkachilari“ (1952). Yevtushenko adabiyotni kompartiyaning gʻoyaviy quroliga aylantirmay, asl holiga qaytarishga — insoniyatning madadkoriga aylantirishga harakat qilgan. Eng yaxshi asarlarida murakkab ahloqiy va tarixiy masalalarni („Stalin vorislari“, „Babiy Yar“ sheʼrlari), xalqaro siyosatga daxldor muammolarni oʻrtaga tashlaydi, ijodida fuqarolik ruhi ustuvor mavqega ega. „Uchinchi qor“ (1955), „Tashabbuskor- lar koʻchasi“ (1956), „Nazokat“ (1962), „Bratsk GESi“ (1965), „Aloqa qayigʻi“ (1966), „Oppoq qor yogʻyapti“ (1969), „Qozon dorilfununi“ (1970), „Ishqiy lirika“ (1973), „Ertalabki xalq“ (1978), „Fuku“ (1985) kabi toʻplamlari va dostonlari nashr etilgan. „Mevali joylar“ (1981) romani ahloqiy mavzuda. „Isteʼdod — betakror moʻjiza“ (1983) makolalar toʻplami adabiyotshunoslik masalalari toʻgʻrisida. „Bolalar bogʻchasi“ (1984), „Stalinning dafn etilishi“ (1990) filmlari muallifi. Yevtushenkoning „Oq qorlar“ sheʼriy toʻplami oʻzbek tilida nashr kilingan (1982)[1].
Manbalar
[edit | edit source]Havolalar
[edit | edit source]- Evgeniy Evtushenko. Biografiya, stixotvoreniya, statьi.
- Evgeniy Evtushenko. Biografiya i tvorchestvo
- Tvorchestvo Evgeniya Evtushenko na sayte The Electronic Literary Database (Wayback Machine saytida 2006-06-23 sanasida arxivlangan)
- Intervьyu Evgeniya Evtushenko na radio «Exo Moskvы»
- Fotografii Evgeniya Evtushenko vo vremya vizita v Penzu v 2008 (Wayback Machine saytida 2011-05-20 sanasida arxivlangan)