Jump to content

Sportcha yurish

From Vikipediya
David Regy

Sportcha yurishyengil atletika turi; odatdagi yurishdan tik holatda tayanilayotgan oyoqni, albatta, toʻgʻri qolda, tizzani bukmasdan yurish bilan, yugurishdan — harakatning betayanch bosqichi boʻlmasligi (tovonni bosish shartligi) bilan ajralib turadi. Syu. tezligi odatdagi yurishdan 2—2,5 baravar yuqori boʻladi, bunga katta (105— 115 sm) va teztez (minutiga 180—200 ta) qadam tashlash bilan erishiladi. Musobaqalar stadion yoʻlkasida va asfalt yoʻllarda oʻtkaziladi. Erkaklar 10–50 km (rasmiy xalqaro musobaqalarda — 20 va 50 km), oʻsmirlar — 3– 10 km; ayrim mamlakatlarda ayollar — 3–20 km masofada musobaqalashadilar. Syu. musobaqalari 19-asr 2-yarmida avval Buyuk Britaniyada, keyin Kanada, AQSH, Shvetsiya, Fransiya, Germaniya va boshqa mamlakatlarda oʻtkazila boshladi. 1908-yildan Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi.