Serotonin
Serotonin, 50 ks i 3ra m inoetilindol, 5o ks itr i ptamin, C1()H12N2O — biologik faol modda. Mol. m. 176,21. Odam va hayvonlar qoni hamda toʻqimalarida bor. Serotonin periferik nerv markazlari mediatori hamdir. Ilk bor 1947-yilda buka zardobidan ajratib olingan. Serotoninboʻshliqichlilar, mollyuskalar, boʻgimoyoklilar, suvda va qurukda yashovchilarning zaharida, shuningdek, oʻsimliklarda uchraydi. S organizmda triptofan aminokislotalaridan sintezlanadi. Toʻqimalarda Serotonin 5oksiindolilsirka kislotaga aylanib, organizmdan buyrak orqali ajraladi. Serotonin tomirlarni toraytiradi, markaziy nerv sistemasi hamda hazm qilish, ajratish, endokrin sistemalar faoliyatining gumoral regulyasiyasida muhim rol oʻynaydi. Qonda (asosan, trombitsitlarda) 0,02—0,6 mg/l Serotonin bor. Serotonin almashinuvining buzilishi miokard infarqti, yara kasalliklari va baʼzi ruhiy kasalliklarga sabab boʻladi.[1]
Manbalar
[edit | edit source]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |