Rux atsetat
Rux atsetat — kimyoviy formulasi (CH3COO)2Zn boʻlgan kimyoviy birikma, rux va sirka kislota hosil qilgan tuz.
Oddiy sharoitda – rangsiz kristall kimyoviy birikma. Suvda va koʻplab organik erituvchilar (masalan: metanol, atseton, anilin, piridin) da eriydi.
Kristallogidratlarni hosil qiladi, shuningdek, suvsiz shakllarda mavjud. Masalan: sirka kislotada rux karbonatni eritib olish mumkin. Bunday holda, sirka kislotasining suyultirilgan eritmalari bilan oʻzaro taʼsirlashganda va qizdirilganda reaksiya samaraliroq boʻladi.
Asosiy xususiyatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Atsetat guruhi ikki xil kislorod atomlari bilan bogʻlanish orqali metall ionlari bilan har xil usulda bogʻlanish qobiliyatiga ega.
Boshqa metallar bilan bir nechta birikmalar turli xil rux atsetat gidratlari mavjud.
Kristallgidrat tarkibiidagi suv chiqib ketsa, hosil boʻlgan rux atsetat tetraedrlar shaklida fazoviy ravishda toʻrtta kislorod atomlari bilan bogʻlangan ruxdan tashkil topgan polimer tuzilishga ega boʻladi, har bir tetraedr atsetat guruhlari orqali qoʻshnilariga ulanadi[1].
Rux asetat ligandlari bidentat emas. Ushbu birikmadan farqli oʻlaroq, metall diatsetatlarning aksariyati boshqa metallarning atomlarini bidentat asetat guruhlari bilan oktaedrik koordinatsion tartibda bogʻlaydi. Rux atsetat digidratida rux oktaedrik, ikkala atsetat guruhi ham bidentatlidir[2].
Asosiy rux asetat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vakuumda Zn(CH3CO2)2 qizdirish sirka angidridini yoʻqotishiga olib keladi va Zn4O (CH3CO2)6 formulali asosiy rux atsetat choʻkmasini qoldiradi. Ushbu klaster tetraedrik tuzilishga ega.
Murakkab molekulasi mos keladigan berilliy asetat tuziga oʻxshaydi, ammo atomlararo masofa biroz kattalashganligi sababli Zn-O bogʻlanish uzunligi ~ 1,97 is ga teng.
Qoʻllanilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oziq-ovqat va tibbiyotda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nazofarengitni davolashda rux asetat ishlatiladi. Meta-tahlil shuni koʻrsatdiki, preparatning 3 ta yuqori dozasi nazofarengitning davomiyligini 42% ga qisqartirgan[3].
Rux asetat, ayniqsa, pastillarda[4] aralashma sifatida namoyon boʻladi.
Rux asetat pastillalari nazofaringitning davomiyligini qisqartirsada, AQSh bozoridagi koʻplab rux birikmalari afsuski, juda kam ruxga ega yoki limon kislotasi kabi rux ionlari bilan bogʻlovchi tarkibiy qismlarga ega[5]. Shunday qilib, sinov jarayonida yuqori dozadagi faol ruxdan foydalanish isteʼmolchilarning odatiy foydalanishida sezilmasligi mumkin.
Rux atsetatidan rux tanqisligini davolashda foydalanish mumkin. U Uilson-Konovalov kasalligida misning yemirilishini oldini olish uchun ishlatilishi mumkin. Rux asetat, shuningdek, malham, lasyonlarda biriktiruvchi sifatida ishlatiladi; yoki akne davolash uchun eritromitsin kabi antibiotik bilan aralashtiriladi.
Rux asetatning boshqa tibbiy qoʻllanmalari ham maʼlum: qichishishga qarshi moy, zamburugʻlarga qarshi vosita, tish sementlarining tarkibiy qismi.
Saqichda rux asetat nafas tozalovchi va blyashka ingibitori hisoblanadi[6].
Rux atsetat sifatida tasdiqlangan oziq-ovqat qoʻshimchasi sifatida keltirilgan qoʻshimcha E650 deb nomlanadi.
Sanoatda qoʻllanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sanoatda rux asetat yogʻochga zamburugʻlarga qarshilik koʻrsatish uchun mordant sifatida ishlatiladi. Boshqa rux tuzlari, polimerlar ishlab chiqarish, etil asetat, etilen ishlab chiqarish, matoni boʻyash uchun, organik sintezdagi katalizator va analitik reaktiv sifatida qoʻllanadi.
U atom elektr stantsiyalarida birlamchi suv quvurlarida sirt ingibitori sifatida ishlatiladi.
Rux atsetat zol-gel jarayonida shaffof yarim oʻtkazgich – rux oksidi qatlamlarini olish uchun ishlatiladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Capilla, A. V.; Aranda, R. A. Anhydrous Zinc(II) Acetate (CH3-COO)2Zn (ro) // Crystal Structure Communications. — 1979. — Т. 8. — P. 795—797.
- ↑ {{{заглавие}}} // Andoza:Нп3. — ISSN 0365-110X. — DOI:10.1107/S0365110X53002015.
- ↑ Hemilä H (2011) Zinc lozenges may shorten the duration of colds: a systematic review. Open Respir Med J 5:51-8 Refs with links: http://www.mv.helsinki.fi/home/hemila/Zn/TORMJ.htm
- ↑ Eby GA (2010) Zinc lozenges as cure for the common cold. Med Hypotheses 74:482-92
- ↑ Eby G (2009) Zinc Lozenges as a Common Cold Treatment
- ↑ Giertsen E., Svatun B., Saxton A. Plaque inhibition by hexetidine and zinc(aniqlanmagan) // Scand J Dent Res. — 1987. — Т. 95. — С. 49—54.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |