Jump to content

Raʼnodoshlar

From Vikipediya
Raʼnodoshlar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik
Sinf: 9
Binar nomi
Rosaceae

Raʼnodoshlar, atirguldoshlar (Rosaceae) — ikki urug‘pallali oʻsimliklar bo‘limi. Daraxt, buta va oʻtlardan iborat. Barglari ketmaket joylashgan. Gullari toʻgʻri, asosan, ikki jinsli, yakka yoki koʻpincha toʻpgulda oʻrnashgan. Changchisi koʻp; meva barglari bitta va koʻp boʻladi. Mevasi — poʻstli, koʻsakcha, olma, danak va boshqa koʻrinishda boʻladi. Baʼzi madaniy raʼnodoshlarda mevalar partenokarp va urugsiz tuzilgan. 100 ga yaqin turkumi (3000 dan ortiq turi) bor. Butun yer sharida tarqalgan. Asosan, Shimoliy yarim sharning mo‘tadil va subtropik hududlarida tarqalgan. Oʻzbekistonda 38 turkumga mansub 266 turi usadi. Raʼnodoshlar oilasi koʻpincha quyidagi kenja oilalar: tobulg‘idoshchalar (mevasi — koʻp poʻstli); olmadoshchalar (mevasi— olma); atirguldoshchalar (mevasi — koʻp koʻsakcha); olxoʻridoshchalar (mevasi — danakcha)ga boʻlinadi.

Raʼnodoshlarga mevali (olma, nok, behi, olcha, olvoli gilos, olxoʻri, oʻrik, shaftoli va boshqalar), rezavor mevali (malina, qulupnay, maymunjon va boshqalar), manzarali (atirgul, tobulgʻi va boshqalar) oʻsimliklar kiradi.[1]

Manbalar

[edit | edit source]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil