Kontent qismiga oʻtish

Mezolit

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Mezolit (mezo... va lithos — tosh) — oʻrta tosh davri; paleolitdan neolitga oʻtish davri (miloddan avvalgi 12-7 ming yillik).

Geologik pleyspgotsendan hozirgi golosenga oʻtish davri. Mezolitda hayvonot dunyosi, landshaftlar muzlik davridan xalos boʻlib hozirgi tabiiy sharoitga moslashgan. Muzlik davriga moslashgan yirik hayvonlar (mamontlar) yoʻq boʻlib, yangilari paydo boʻlgan. Inson hayotida katta oʻzgarishlar sodir etilgan. Mezolitda oʻq-yoyning kashf etilishi bilan yakka oila boʻlib yashash imkoniyati tugʻilgan. Tosh, suyak, yogʻochdan mikrolit qurollar (pichoq, qirgʻich, bolta) kashf qilingan. Bu qurollar yordamida odamlar yakka holda ov qilish imkoniga ega boʻlishgan. Shu tariqa jamoa boʻlib yashashga barham berilgan. Mezolit davri odamlari ovchilik, baliqchilik, terimchilik bilan shugʻullanganlar.

Oʻzbekiston hududida mezolit davriga oid eng qadimgi yodgorlik Qoʻshilish boʻlib, u miloddan avvalgi 10 ming yillik bilan davrlanadi. Undan mikrolit qurollar, paykon va uchburchak shakldagi qurollar, qoʻlga oʻrgatilgan tur (buqa yoki sigir) suyagi topilgan. Bu esa Mezolit davri boshida Oʻzbekiston hududida odamlar chorvachilikdan xabardor boʻlganliklaridan dalolat beradi. Respublikamizda Mezolitga oid koʻplab yodgorliklardan Fargʻona vodiysining Soʻx tumanidagi Obishir I va Obishir V manzilgohlari (qarang Obishir madaniyati), Surxondaryoning Boysun tumanidagi Machay gʻori kabilarni koʻrsatish mumkin.Mezolit davrida iqlimning o‘zgarishi bilan hayvonot dunyosi ham o‘zgaradi. Paleolit davridagi yirik hayvonlar yo‘qolib, ular o'rniga tez chopar va mayda hayvonlar: arxar, muflon, tog‘ echkisi, bug‘u, jayron, qulon, quyon, arslon, yoʼlbars, bars, qoplon va boshqa hayvonlar paydo boʼldi. Ularni ilgaridagidek ovlash ibtidoiy odam uchun murakkablik tug‘dirdi. Natijada o‘q-yoy ixtiro qilindi. Bu mezolit davrining eng katta yutug‘i edi. O‘q yoyning kashf etilishi xo‘jalikda ovning ahamiyatini oshirdi. Endi ibtidoiy ovchilar uzoqdan turib o‘z o'ljasini nishonga olish imkoniyatiga ega boʼldilar va oziq-ovqatga boʼlgan talabni qondira oldilar. Oʻsimliklar dunyosida ham issiqtalab o‘simliklar salmog‘i oshdi. Daryolarning sersuv bo‘lishi baliqchilikning vujudga kelishiga va dastlabki qayiqlarning paydo boʼlishiga olib keldi. Bu esa ibtidoiy odamning turmush tarzini o‘zgartirdi. Ibtidoiy ovchilar hayvonlar (asosan bug‘ular) izidan yurib, yangi-yangi yerlarni o‘zlashtirib bordilar. Shu sababli, mezolit davri odamlari keng hududlarga tarqalganlar. Mezolit davrida Oʻrta Osiyoning deyarli barcha hududlari yashash uchun qulay boʼlgan. Amudaryo bilan Sirdaryo oraliqlarida mezolit davriga oid yodgorliklar ko‘p uchraydi. Bu davr jamoasida diniy tasavvurlar maʼlum bir shaklga kirdi. Bu haqda mezolit davri mozorlari, qoyatosh rasmlari darak beradi. Oʻrta Osiyodagi mezolit davri yodgorliklaridan 3tasida - Qayla, Tutqaul, Machay makonlarida mozorlar topilgan. Ular mezolit davrining so‘ngi bosqichiga taalluqli. Qayla g'orida 2 ta mozor o‘rganilgan. Skeletlar chalqanchasiga yotqizilib. oyoqlari biroz bukilgan, ustiga oxra sepilgan. Yonlarida dengiz chig‘anoqlaridan yasalgan taqinchoqlar topilgan. Bosh suyagi ustiga ham mayda tosh munchoqlar tizib chiqilgan. Boshqa mozorlarda ham shu holat kuzatilgan. Bularning barchasi narigi dunyoga ishonishni bildiradi, Jahon arxeologiyasida mezolit davri 2 bosqichga: Azil va Tardenuazga boʼlinadi. (3-jadva!) Ular Fransiyadan topilgan makonlar nomlari bilan atalgan. Azil davri tosh qurollarining asosiy xususiyatlaridan biri - mikrolit qurollarning yasalishidir (yunoncha mikros-kichik). Ular asosan o‘q uchi vazifasini bajargan. Ularning ko‘pchiligi tol bargiga o‘xshash boʼlgan. Egamberdiyeva. Oʻtkir Islomov[1][2].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Egamberdiyeva.Toshkent 2011