Kontent qismiga oʻtish

Digestlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Digestlar — (lot. Digesta — yigʻindi, yigʻilgan) — yuridik matnlar, qonunlar yigʻindisi deb tarjima qilinadi. Yustinian davrida huquqiy ilmga boʻlgan talab va qiziqish davlat darajasiga koʻtarilgan. Normativ barqarorlikka erishishga harakat qilgan imperator va uning idoralari klassik merosga tayangan holda qonunlarni kodifikatsiya qilgan . Bu esa mavjud edikt toʻplamlari, novellalar, imperator farmonlari va yuridik mavzuga doir shox asarlarning saqlanib qolishiga sabab boʻlgan. Yustinian kodifikatsiyasining asosini D. tashkil etgan. D.ning umumiy xajmi deyarli 120 bosma taboq. D. Rim klassik yuristlarining asosan xususiy huquqqa oid asarlaridan muayyan tartib asosida keltirilgan koʻchirmalaridan iborat. D. 50 kitobga, ularning har biri, oʻz navbatida, qism (fragment) lardan iborat boʻlgan titullarga boʻlinadi. Xususan, D.da Ulpian, Pavel, Papinian, Yulian, Pomponiy, Modestin va b. mashhur boʻlgan yuristlar asarlaridan foydalanilgan. D.da garov oilaviy-huquqiy munosabatlar, mulkiy va vorislik (meros) munosabatlariga katta oʻrin ajratilgan[1].

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi