Azotli iprit
Qiyofa
Azotli iprit – organik birikma, rangsiz suyuqlik. Suvda yomon, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Azotli iprit iprit (dixlordietilsulfid)dan tarkibidagi oltingugurt oʻrniga kiritilgan azot bilan farq qiladi. Ularning kimyoviy xossalari molekulasi tarkibida uchlamchi azot atomi va galogen atomi boʻlishiga bogʻliq. Azotli iprit mineral kislotalar ta’sirida suvda eriydigan, pikrin kislota ta’sirida esa suvda kam eriydigan tuz hosil qiladi. U me’da-ichak, nafas yoʻllarini kuchli zaharlash va terini yaralantirish xususiyatiga ega. Bunday moddalar hujayra boʻlinishini susaytirgani uchun koʻpchiligi (embixin, nov-embixin va boshqalar) tibbiyotda ishlatiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |