Jump to content

Ixetuan qoʻzgʻoloni

From Vikipediya

Ixetuan qoʻzgʻoloni — Shimoliy l Xitoydagi qoʻzgʻolon (18991901) Ixetuan maxfiy jamiyati („Tinchlik va adolat uchun ko'tarilgan musht“) tomonidan boshlangan, keyinchalik Ixetuan („Adolat va kelishuv otryadlari“) nomini olgan.Ular "Manjur sinlarni haydab chiqaramiz,chet elliklarni yo'qotamiz" shiori ostida ish ko'rar edilar.Xitoy endigina sanoatlashuv yo'liga qadam qo'yganda xorijiy davlatlar tomonidan talon -taroj qilinishi og'ir ta'sir ko'rsatdi.Xitoyni to'g'ri yo'lga olib chiqish haqida turli xil g'oyalar ilgari surildi.Va ushbu davrda Ixetuan qo'zg'oloni katta rol o'ynaydi.1899-yili "Ixetuan" harakati qo'zg'olon tusini oldi.Ixetuanlar Yaponiyaga tovon to'lashni to'xtatishni,Tayvanni Xitoyga birlashtirish kabi talablarni qo'ydilar.Sin hukumati qo'zg'olondan cho'chib qoldi.Chunki,Ixetuanlar poytaxt va viloyatlarning qariyb yarmini qo'lda tutib turgan edilar.1900-yil hukumat tomonidan qo'zg'olonga qarshi jo'natilgan qo'shin yengildi. 1900-yil iyunda ixetuanlar Pekinga kirishgan. Germaniya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Fransiya, Rossiya, Italiya va Avstriya-Vengriya qoʻshinlari qoʻzgʻolonni (xorijiylar tomonidan boksyorlar qoʻzgʻoloni deb atalgan) bostirishgan[1].Bu voqea Pekinga chet elliklar intervensiyasini boshlanishiga bahona bo'ldi.Intervensiyada yuqoridagi 8 ta davlat qatnashdi.Ularning har biri Xitoydakattaroq ulushga ega bo'lish maqsadida edi.

1900-yil iyul oyida chet el interventlari yalpi hujumga o'tib va Pekinn shahri egallaydi.Xorijliklar shaharni va imperator saroyini talon-taroj qildilar.Va ular Xitoyni asoratli shartnoma imzolashga majbur etdi.Shartnomada qo'zg'olonda ishtirok etgan shaxslarni qatl qilish yoki surgun qilish talabini ham qo'yildi.Dengiz sohili o'rtadagi yo'llarni muhofaza qilidh uchun ajnabiy davlatlarga Xitoyda o'z inventlariga 33 mln dollar tovon pulini aytdi,Xitoga qurol aslaha kiritish taqiqlandi.

Ayni paytda "Ixetuan"qo'zg'oloni mustamlakachilarni ehtiyotkorlik bilain ish yuritishga majbur etdi.

Manbalar

[edit | edit source]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil