Jump to content

Bill Dally

From Vikipediya

Uilyam Jeyms Dalli (1960-yil 17-avgustda tugʻilgan) Amerikalik kompyuter olimi va oʻqituvchi.

Mikroelektronika

[edit | edit source]

U zamonaviy oʻzaro bogʻliqlik tarmoqlarida qoʻllaniladigan bir qator usullarni ishlab chiqadi, shu jumladan marshrutga asoslangan blokirovkadan ochish, havola darajasidagi qayta urinish, virtual kanallar, global adaptiv marshrutlash va yuqori radisli marshrutizatorlar kabi ishlari taqsinga sazovordir. U parallel kompyuterlarda aloqa, sinxronizatsiya va nomlashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqdi. Shu jumladan xabarlarga asoslangan hisoblash va tezkor qobiliyatga asoslangan manzillash ishlari bilan dunyoga mashhur boʻldi. U 1995-yildan boshlab grafik, signal va tasvirni qayta ishlash uchun "Imagine" va ilmiy hisoblash uchun "Merrimac" kabi bir qator oqim protsessorlarini ishlab chiqdi. 

U 200 dan ortiq maqolalarni, shuningdek, Jon Poulton bilan "Raqamli tizimlar muhandisligi" va Brayan Toulz bilan "Oʻzaro aloqa tarmoqlari tamoyillari va amaliyotlari" darsliklarini nashr etgan. U 70 dan ortiq berilgan patentlar boʻyicha dunyo ixtirochisi nomiga sazovor boʻlgan.

Muallif uning soʻzlaridan iqtibos keltirgan: "Mahalliylik - samaradorlik, samaradorlik bu -kuch, kuch - ishlash, ishlash va mehnat qilish orqali shoh bo'lish ".[1]

Karyera

[edit | edit source]

Dally Texnika universitetida elektrotexnika yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasini oldi. Bell Telefon Laboratoriyasida maʼlun vaqt ishlagan.U vaqtida u 32 bitli dastlabki mikroprotsessor "Bellmac 32" dizayniga hissa qoʻshgan va 1981-yilda Stenford universitetida elektrotexnika yoʻnalishi boʻyicha magistr darajasini olgan. Keyin u Kaliforniya Texnologiya Institutiga bordi va ilmiy ish bilan shugʻullanib PhD darajasi bilan muvaffaqiyatli tugatdi. 1986-yilda kompyuter fanlari boʻyicha ilmiy darajani oldi. Va Caltechda u "MOSSIM" simulyatsiya dvigatelini va marshrutlash uchun integral sxemani ishlab chiqdi. Caltechda boʻlganida, u 1983-yilda Stac Electronics asoschilari guruhining bir qismi edi[2]

Xizmat koʻrsatgan sohasi:

[edit | edit source]

1986-yildan 1997-yilgacha u MITda dars berdi, u yerda u oʻz guruhi bilan J-Machine va M-Machine,[3] parallel mashinalarni yaratdi, ular past darajadagi sinxronizatsiya va aloqani taʼkidladi. MIT davrida u Cray T3D va Cray T3E superkompyuterlari dizaynini ishlab chiqishda hamkorlik ishlaribilan ham shugʻullanadi. U Stenford universiteti muhandislik fakultetida Villard R. va Inez Kerr Bell professorlar bilan mehnat faoliyati bilan shugillanadi. U jamoada faolligi munosabati bilan Stenforddagi kompyuter fanlari boʻlimi raisi boʻldi.

Bill Dallyning korporativ ishtiroki 1989-yildan beri "Cray Research" kompaniyasida turli hamkorliklarni oʻz ichiga oladi. U 1997-yildan boshlab Avici Systems-da Internet-router boʻyicha ishlagan va 1999-yildan 2003-yilgacha LSI Logic tomonidan sotib olingunga qadar Velio Communications-da bosh texnik direktori lavozimida ishlagan, "Stream Processors" va "Inc" asoschisi va raisi hisoblanadi.[2]

Nvidia va IEEE xodimi

[edit | edit source]

Bill Dally 2002-yilda Hisoblash mashinalari assotsiatsiyasi aʼzosi, 2002-yilda esa "IEEE" aʼzosi etib saylangan. 2003-yilda u birinchi marta" NVIDIA" uchun maslahatchi boʻldi va GeForce 8800 GPU seriyasini ishlab chiqishda yordam berdi.[4] U 2000-yilda "Moris Uilks" nomli mukofoti sovrindori, 2004-yilda Seymur Krey kompyuter fanlari va muhandisligi mukofotini va 2006-yilda IEEE Kompyuter jamiyati Charlz Bebbij mukofotini oldi. 2007-yilda Amerika sanʼat va fanlar akademiyasiga saylangan.

2009-yil yanvar oyida u Nvidia kompaniyasining bosh olimi etib tayinlandi.[5] U Nvidiaʼda toʻla vaqtli ishlagan va Stenforddagi 12 ga yaqin aspirantlariga rahbarlik qilgan.[6]

2009-yilda u yuqori samarali oʻzaro bogʻlanish tarmoqlari va parallel kompyuter arxitekturasini loyihalashga qoʻshgan hissasi uchun Milliy muhandislik akademiyasiga saylangan.

U 2010-yil ACM/IEEE Eckert-Mauchly mukofotini "o'zaro ulanish tarmoqlari va parallel kompyuterlar arxitekturasiga qo'shgan ulkan hissasi uchun" oldi.[7]

Bill Dallyning cho etilgan kitoblar roʻyxati:

[edit | edit source]
  1. Johnson, Matt. An Analysis of Linux Scalability to Many Cores, 2011 — 4-bet. „Locality is efficiency, Efficiency is power, Power is performance, Performance is king“ 
  2. 2,0 2,1 William Dally. „From Science to Technology, From Research to Product“. Slides from Norway Science Week. Stanford Engineering (2011-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 7-mart. Cite error: Invalid <ref> tag; name "norway" defined multiple times with different content
  3. „Practical AI #15: Artificial intelligence at NVIDIA with Chief Scientist Bill Dally“ (en). Changelog. — „I was on the faculty at MIT for 11 years, where I built a research group that built a number of pioneering supercomputers,“. Qaraldi: 2019-yil 25-aprel.
  4. „Practical AI #15: Artificial intelligence at NVIDIA with Chief Scientist Bill Dally“ (en). Changelog. Qaraldi: 2019-yil 25-aprel.
  5. „Nvidia Names Stanford's Bill Dally Chief Scientist, VP Of Research“. Press release (2009-yil 28-yanvar). 2009-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-mart.
  6. Ashlee Vance. „Hello, Dally: Nvidia Scientist Breaks Silence, Criticizes Intel“. The New York Times (2009-yil 8-aprel). Qaraldi: 2017-yil 10-mart.
  7. „ACM Award Citation“. Association for Computing Machinery. 2012-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 25-oktyabr.