Kontent qismiga oʻtish

Antigua va Barbuda iqtisodiyoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Antigua va Barbuda xalqaro xizmatlarga ixtisoslashgan rivojlanayotgan mamlakatlardan biri hisoblanadi[1]. Karib dengizidagi eng gullab-yashnagan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Iqtisodiyotining asosini turizm tashkil etadi va qimor biznesi ham yuqori darajada rivojlangan. Qishloq xo'jaligi asosan ichki bozor uchun ishlaydi. Shakarqamish, sabzavot, paxta yetishtiriladi. Baliq ovlash ham yaxshi rivojlangan. Antigua va Barbudaning turizm sektori YaIMning 60% dan ortig'ini va barcha investitsiyalarning 40%ni tashkil etadi[2].

Qishloq xo'jaligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloq xo'jaligida mehnatga layoqatli aholining 7% ishlaydi, u yalpi ichki mahsulotning 3,8% ni tashkil etadi. 1990-yillarning boshidan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi deyarli oʻsmadi, zaifligi tufayli u na aholining ichki ehtiyojlarini, na turizm sohasining ehtiyojlarini toʻliq qondira oldi, shuning uchun oziq-ovqat mahsulotlarining katta qismi chetdan keltiriladi. Qishloq xoʻjaligi sabzavot yetishtirishga ixtisoslashgan, paxtachilik, chorvachilik, paxta va meva eksport qilinadi. Sohil suvlarida baliq (mahalliy iste'mol uchun) ovlanadi.

Sanoatda mehnatga layoqatli aholining 11% ishlaydi, u yalpi ichki mahsulotning 22% beradi. Tarmoqni yengil, neftni qayta ishlash va oziq-ovqat sanoati korxonalari tashkil etadi. Sanoat sohasida davlat tomonidan eksportga mahsulot yetkazib beruvchi korxonalarni 15 yil muddatga soliqdan ozod qilish orqali yangi ishlab chiqarishlar tashkil etishni ragʻbatlantirish siyosati olib borilmoqda. 2000-yildan beri maxsus soliq va bojxona tarif siyosatiga ega savdo-ishlab chiqarish zonasi mavjud. Yengil va kimyo sanoati mahsulotlari (mebel, kiyim-kechak, boʻyoqlar) ishlab chiqaradi. Oziq-ovqat (xususan, rom ishlab chiqarish), neftni qayta ishlash va tog'-kon (qum) sanoati katta ahamiyatga ega hisoblanadi.

Aeroportlar

  • Jami 3 ta, shu jumladan:
    • qattiq qoplangan - 2
    • qattiq qoplamasiz - 1

Avtomobil yo'llari

  • Jami - 1165 km, shu jumladan:
    • asfaltlangan — 384 km
    • qattiq sirtsiz - 781 km

Suv transporti

  • Jami - 1059 ta kemalar.

Eksport: $46,81 mln AQSh dollari.

Eksport mahsulotlari: neft mahsulotlari 48%, toʻqimachilik 23%, mashina va transport uskunalari 17% tashkil etadi.

Eksport hamkorlari: Ispaniya 34%, Germaniya 20,7%, Italiya 7,7%, Singapur 5,8%, Buyuk Britaniya 4,9% davlatlari hisoblanadi.

Import: 378 million AQSh dollar.

Import buyumlari: oziq-ovqat, mashina va transport uskunalari tashkil etadi.

Import hamkorlari: AQSh 21,1%, Xitoy 16,4%, Germaniya 13,3%, Singapur 12,7%, Ispaniya 6,5% davlatlari hisoblanadi.

Qiziq faktlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007—yil oxirida Antigua va Barbuda Jahon Savdo Tashkiloti tomonidan AQSh kompaniyalariga tegishli bo'lgan 21 million AQSh dollari miqdoridagi intellektual mulk huquqlarini buzishga rasman ruxsat berilgan. Bu qaror Amerika Qo'shma Shtatlar orolda ro'yxatdan o'tgan bir nechta onlayn kazinolarga kirishni noqonuniy ravishda bloklab, orol davlati iqtisodiyotiga zarar yetkazgani sababli qabul qilingan.

  1. „Антигуа и Барбуда“, Энциклопедический географический словарь, 5000 экз, Словари нового века, М.: Рипол-классик, 2011 — 41-bet. ISBN 978-5-386-03063-6. 
  2. [iformatsiya.ru „Антигуа и Барбуда - экономика ВВП“]. 23-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan.