Kontent qismiga oʻtish

Taba tobein

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Taba tobein (arab. تَابِعُ ٱلتَّابِعِينَ) – islomda tobeinlardan keyingi avlod.

Musulmonlarning birinchi avlodi sahobalar yoki Muhammad (s.a.v.)ning sahobalari deb nomlanadi. Sahobadan keyin kelgan musulmonlarning ikkinchi avlodi tobeinlar deb ataladi. Tobeinlardan keyin kelgan, hech boʻlmaganda bitta tobein bilan uchrashgan uchinchi avlod musulmonlarga „taba tobein“ deyiladi[1]. Mazkur uch avlod islomning salaflarini tashkil qiladi.

Ahli sunna aqidasiga koʻra taba tobeinning taʼrifi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sunniylar taba tobeinni quyidagicha taʼriflaydilar:

  1. Tobeinlardan kamida bittasi bilan koʻrishgan;
  2. Toʻgʻri yoʻlda boʻlgan (bunda Ahli sunna val-jamoa eʼtiqodiga sodiq boʻlgan kishi nazarda tutiladi);
  3. Shuningdek hu holatda vafot etgan musulmon kishi.

Sunniylar taba tobeinlarni tobeinlardan keyingi eng yaxshi avlod deb hisoblaydilar. Muhammad (s.a.v.): „Odamlarning yaxshilari mening zamonimdagilardir, soʻng ularga yaqin boʻlganlar, soʻng ularga yaqin boʻlganlardir“ deganlar (Imom Buxoriy rivoyati)[2].

Taba tobeinlar roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sufyon Savriy (97-161 hijriy)

Sufyon ibn Uyayna (vaf. 198 hijriy)

Molik ibn Anas

Abu Yusuf

Muhammad ash-Shayboniy

Avzoiy (vaf. 158-hijriy).

Abdulloh ibn Muborak (118/726-797 hijriy)

Imom Shofe'iy

Ahmad ibn Hanbal

Zayd ibn Ali

Lays ibn Sa'd

Hammod ibn Zayd

Makkiy ibn Ibrohim (hijriy 125–210; milodiy 742–825)

Fuzayl ibn Iyoz

Dovud at-Toiy

Sirri Saqatiy (155-253 hijriy)

Abdulloh Shoh G'oziy

Muhammad al-Buxoriy


  1. Esposito, John L. (2003). The Oxford Dictionary of Islam. Oxford University Press. p. 301. ISBN 9780195125597. Retrieved 9 March 2019.. 
  2. The Hadith Book (48. Witnesses): nr. 819". Search Truth. Retrieved 2013-07-21..