Kontent qismiga oʻtish

Troya muzeyi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
2024-yil 31-may, 06:47 dagi Ikromova Guli (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Troya muzeyi (turkcha: Troya Müzesi) — Turkiyaning shimoli-gʻarbiy qismidagi qadimiy Troya shahri arxeologik yodgorligi yaqinida joylashgan arxeologik muzey.

2018–yilda ochilgan. Zamonaviy meʼmoriy binoning yetti boʻlimida Troya va boshqa qadimiy shaharlar atrofidagi hamda yaqin orollardan topilgan tarixiy ashyolarni namoyish etiladi. Muzey direktori Ridvan Goljuk[1]. Muzey 2020–yilgi Yevropa yil muzeyi mukofoti va Yevropa muzey akademiyasining maxsus mukofotiga sazovor bo‘ldi[2][3][4].

Muzey binosi

Troya muzeyi Turkiyaning shimoli-g'arbiy qismi, Chanoqqal'a Tevfikiye qishlog'idagi Troya shahri arxeologik yodgorligidan 800 m (2,600 ft) sharqda joylashgan.

Muzey binosi uchun dizayn tanlovida 2011-yilda Yalın Mimarlik g‘olib bo‘lgan. Mimarlik binoni zamonaviy me'moriy uslubda loyihalashtirgan. Qurilish 2013–yilda boshlangan, 2015–yilda toʻxtab qolgan. 2017–yilda qayta boshlangan

Muzeyning ichki qismidan ko'rinish

Kvadrat shaklidagi to'rt qavatli kub shaklidagi bino zang rangdagi po'lat bilan qoplangan. Binoning balandligi Troya arxeologik maydonidagi qazish ishlarining chuqurligiga teng. Ko'rgazma maydoni 2,700 m2 (29,000 kv ft) ichki maydon bilan birgalikda 12,750 m2 (137,200 kv ft). Podval xizmat vazifalari uchun ajratilgan.

Binoning umumiy qiymati 45 million ₺ (taxminan 8 million dollar)ni tashkil etdi. Muzey 2018–yil 10–oktabrda Turkiyada "Troya yili" deb e'lon qilinganida ochilgan.

Ko'rgazmalar

Oltin marjon

Kirish qismi devorlaridagi bo'shliqlarda Troyadagi qazishmalardan olingan qabr toshlari, katta o'lchamli haykallar, va devor o'lchamidagi fotosuratlar mavjud. Muzeyda vizual grafik dizaynlar, dioramalar va interaktiv displeylar ham mavjud.

Polyxena sarkofag

Muzey yettita bo'limdan iborat. Birinchi qavat bugungi kunda Biga yarim orolida joylashgan Troad mintaqasidagi artefaktlar uchun ajratilgan. Bular Assos (Behramkale), Tenedos (Bozcaada), Parium, Aleksandriya Troas (Eski Istambul), Smintheion, Lampsakus ( Lapseki yaqinida), Timbra, Tavoliya va Imbros (Gökçeada) qadimiy shaharlaridan qazib olingan buyumlardir. Muzeyning 40 000 ga yaqin eksponatlari Chanoqqal’a arxeologiya muzeyi, Istanbul arxeologiya muzeylari va Anadolu sivilizatsiyalari muzeyidan ko‘chirilgan. Troya tangalari Izmir arxeologiya muzeyidan olib kelingan. Ko'rgazmalar orasida ko'z yosh ushlagichlar, shisha, terakota atirdonlari, haykalchalar, tilla buyumlar, marjon, bilaguzuklar, tangalar, bezaklar, suyak buyumlari, asboblar, metall idishlar, terakotadan yasalgan idishlar, qurollar, bolta, kesgichlar, yozuvlar, qurbongohlar, sarkofaglar mavjud. Diqqatga sazovor buyumlar orasida 1994–yilda qazilgan Polyxena sarkofagi va 2012–yilda topilgan yunon xudosi Triton haykali bor.

Ma'lumotnomalar

  1. „Exhibition featuring 150th anniversary of Troy Excavations opens to visitors“. Hurriyet Daily News (2021-yil 30-avgust).
  2. „Turkish museum receives European Museum Academy award“. Anadolu Agency (2021-yil 19-sentyabr).
  3. „2020/2021 European Museum Academmy Awards The Judge's Report“.
  4. „The Winners of EMYA 2020 and 2021 are announced“. europeanforum.museum.