Abdullo Mirzo
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Abdullo Mirzo (1433–1451) – Movarounnahr hukmdori (1450–1451). Temuriylardan.
Ulugʻbekning ukasi Ibrohim Mirzoning kenja oʻgʻli. Otasi vafotidan soʻng, Fors viloyatiga hokim qilib tayinlangan. Biroq u hali yosh boʻlgani sababli davlat ishlarini onasi Ruqiya begim bilan otabek Shamsuddin Sheroziy boshqargan. 1447-yil amakivachchasi Sulton Muhammad Mirzo Fors viloyatini bosib olgach, Hirotga qochib kelgan. 1448-yil esa amakisi Ulugʻbekning xizmatiga kirib, uning qiziga uylangan. Abdullatifdan keyin Movarounnaxr taxtiga oʻtirgan. Ammo toju taxt daʼvogari Sulton Abu Said Mirzoga qarshi jangda halok boʻlgan[1].
Manbalar
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |