Vivian McGrath
Vivian McGrath | |
---|---|
Toʻliq ismi | Vivian Erzerum Bede McGrath |
Mamlakat | Avstraliya |
Tugʻilishi |
17-fevral 1916-yil Merrendee, NSW, Avstraliya |
Vafoti |
9-yil 9-aprel (62 yoshda) Burradoo, NSW, Australia |
Professionallik | Slam debut in 1932 |
Faoliyati tugashi | 1950s |
Ishlatadigan qoʻli | Right-handed (two-handed both sides) |
Yakkalik bahslar | |
Eng yuqori pozitsiyasi | No. 8 (1935, A. Wallis Myers)[1] |
„Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari | |
Australian Open | W (1937) |
French Open | QF (1935) |
Wimbledon | QF (1935, 1937) |
US Open | 4R (1933) |
Juftlik bahslari | |
„Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari | |
Australian Open | W (1935) |
French Open | F (1933, 1934, 1935) |
Vivian Erzerum Bede McGrath (1916-yil 17-fevral – 1978-yil 9-aprel) – avstraliyalik tennis bahslari chempioni edi. John Bromwich kabi oʻzlarining oʻynash uslublarini yaratgan dastlabki ajoyib oʻyinchilardan biri edi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]U Yangi Janubiy Vels(Wales)ning Mudji(Mudgee) yaqinidagi Merrendi(Merrendee) shahrida tugʻilib, katta boʻlgan. Uning ota-onalari mahalliy avstraliyalik edi va u oilasining 4-farzandi boʻlib dunyoga kelgan. Uning otasi mehmonxona xodimi edi. U Sidney oʻgʻil bolalar oʻrta maktabiga borib, 1932-yilda maktabni tugatgan.[2] U yerda tennis va kriket bilan shugʻullangan. Ilk tennis mashgʻulotlarini oʻzining uy devori bilan mashq qilib oʻynay boshlagan.[3]
U 1932-yilda avstraliyalik oʻsmirlar va 1933-yilda fransuz oʻsmirlar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida gʻolib chiqdi. U 1933-yildan 1937-yilgacha Avstraliya Devis Kubogi jamoasi aʼzosi boʻlgan. 1935-yilda dugonasi Jack Crawford bilan Avstraliya ochiq chempionatida gʻolib chiqdi. 1937-yilda u John Bromwichga qarshi Avstraliya Ochiq chempionatida gʻalaba qozondi. McGrath 1935-yilda The Daily Telegraph nashri A. Wallis Myers tomonidan dunyoning eng yaxshi tennischilar qatorida 8-oʻrinini egallagan.
Ikkinchi jahon urushi paytida uning faoliyatini toʻxtatildi va u havo kuchlarida harbiy xizmat oʻtay boshladi. Unga faqatgina amerikalikga qarshi tennis musobaqalarida qatnashish uchun harbiy xizmatdan ozod etilgan edi(faqatgina qisqa muddatga).
Urushdan keyin u hech qachon oʻz faoliyatini avvalgiday qayta tiklay olmadi va jarohatlardan azob chekdi. Oxir-oqibat u „Southern highlands“da murabbiy boʻlib xizmat qila boshladi va endi koʻproq eʼtiborini ot poygasiga yoʻnaltirdi.
U Yangi Janubiy Uelsning Burradoo shahrida yurak xastaligidan vafot etdi.
Katta dubulgʻa finallari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yakkaliklar: (1 ta nom)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Natija | Yil | Chempionat | Qoplama | Raqib | Hisob |
---|---|---|---|---|---|
Gʻalaba | 1937-yil | Avstraliya chempionati | Oʻt | John Bromwich | 6-3, 1-6, 6-0, 2-6, 6-1 |
Juftliklar: (1 unvon, 5 ikkinchi oʻrin)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Natija | Yil | Chempionat | Qoplama | Hamkor | Raqiblar | Hisob |
---|---|---|---|---|---|---|
Magʻlubiyat | 1933 | Fransiya chempionati | Loy | Adrian Quist | Pat Hughes | 2-6, 4-6, 6-2, 5-7 |
Magʻlubiyat | 1934 | Fransiya chempionati | Loy | Jack Crawford | Jean Borotra | 9-11, 3-6, 6-2, 6-4, 7-9 |
Gʻalaba | 1935 | Avstraliya chempionati | Oʻt | Jack Crawford | Patrick Hughes | 6-4, 8-6, 6-2 |
Magʻlubiyat | 1935 | Fransiya chempionati | Loy | Donald Turnbull | Jack Crawford | 1-6, 4-6, 2-6 |
Magʻlubiyat | 1936 | Avstraliya chempionati | Oʻt | Jack Crawford | Adrian Quist | 8-6, 2-6, 1-6, 6-3, 2-6 |
Magʻlubiyat | 1940 | Avstraliya chempionati | Oʻt | Jack Crawford | John Bromwich | 3-5, 5-7, 1-6 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Moody, Perry Rated Tops By British Expert“, Reading Eagle, 17 October 1935.
- ↑ „Australian Sporting Representatives“ (pdf). www.shsobu.org.au. Sydney High School Old Boys Union. 2019-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.
- ↑ „Vivian McGrath“. www.tennis.co.nf. 2022-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.