Abdullo Mirzo
Qiyofa
Abdullo Mirzo (1433-1451) — Movarounnahr hukmdori (1450-51). Temuriylardan. Ulugʻbekning ukasi Ibrohim Mirzoning kenja oʻgʻli. Otasi vafotidan soʻng, Fors viloyatiga hokim qilib tayinlangan. Biroq u hali yosh boʻlgani sababli davlat ishlarini onasi Ruqiya begim bilan otabek Shamsuddin Sheroziy boshqargan. 1447-yil amakivachchasi Sulton Muhammad Mirzo Fors viloyatini bosib olgach, Hirotga qochib kelgan. 1448-yil esa amakisi Ulugʻbekning xizmatiga kirib, uning qiziga uylangan. Abdullatifdan keyin Movarounnaxr taxtiga oʻtirgan. Ammo toju taxt daʼvogari Sulton Abu Said Mirzoga qarshi jangda halok boʻlgan.[1]
Manbalar
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |