Kontent qismiga oʻtish

Abdullo Mirzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdullo Mirzo (1433-1451) – Movarounnahr hukmdori (1450–51). Temuriylardan. Ulugʻbekning ukasi Ibrohim Mirzoning kenja oʻgʻli. Otasi vafotidan soʻng, Fors viloyatiga hokim qilib tayinlangan. Biroq u hali yosh boʻlgani sababli davlat ishlarini onasi Ruqiya begim bilan otabek Shamsuddin Sheroziy boshqargan. 1447-yil amakivachchasi Sulton Muhammad Mirzo Fors viloyatini bosib olgach, Hirotga qochib kelgan. 1448-yil esa amakisi Ulugʻbekning xizmatiga kirib, uning qiziga uylangan. Abdullatifdan keyin Movarounnaxr taxtiga oʻtirgan. Ammo toju taxt da’vogari Sulton Abu Said Mirzoga qarshi jangda halok boʻlgan.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil