Tipu sulton
Tipu sulton (17501799) - Maysur davlatining hukmdori, ingliz bosqinchilarining Janubiy Hindistondagi siyosatiga qarshi kurash rahbari. Otasi Haydar Ali (1761—82) gʻukmdorligi davrida Maysur qoʻshinlariga qoʻmondonlik qilib Polilur (1790) va Anegundi (1782) yaqinidagi janglarda inglizlarni magʻlubiyatga uchratgan. 2inglizmaysur urushi (1778— 84) ayni avj olgan chogʻda taxtga chiqqan. 1783 i. Bednurda Metyus armiyasini qurshab olib, asir olgan. Inglizlarga qarshi kurashda moddiy bazani yaratish maqsadida ehromlar va mulkdorlar yerlari hisobiga davlat yerlarini koʻpaytirdi, muntazam intizomli armiyani tuzdi, askar va zobitlarga maosh tayinladi, armiya xizmatiga katta tajribaga ega boʻlgan fransuz zobitlarini jalb etdi, artilleriyani vujudga keltirdi, razvedka ishini yaxshi yoʻlga qoʻydi. Bu tadbirlar orqali xazinani toʻldirdi, kuchli armiyani tikladi. Fransiya, Turkiya, Afgʻoniston bilan inglizlarga qarshi ittifoq tuzish niyatida samarasiz muzokaralar olib borgan. 4inglizmaysur urushi (1799) davrida Maysur poytaxti Seringapatamni himoya qilishda halok boʻlgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gʻiyosov T.Gʻ., Hindistonning yangi tarixi, T., 1999.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |