Kontent qismiga oʻtish

Edmonton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2022-yil 3-sentyabr, 18:44 dagi MalikxanBot (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

EdmontonKanadaning jan.gʻarbiy qismidagi shahar, NortSaskachevan daryosi boʻyida. Alberta provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 937,8 ming kishi (2001, shahar atrofi bilan). Mamlakatning muhim savdotaqsimot, sanoat markazi. Transport yoʻllarining yirik chorrahasi.

Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Neftni qayta ishlash, neft kimyosi rivojlangan. Neft quduqlari parmalaydigan uskunalar ishlab chiqariladi. Qishloq xoʻjaligi xom ashyosi qayta ishlanadi. universitet bor. Shaharga 1795-yilda moʻyna savdosi bilan shugʻullanadigan kompaniyalar faktoriyasi sifatida asos solingan.