Ayoqchi
Qiyofa
Ayoqchi (eski oʻzb. ayoq – idish) – 1) oʻtmishda (11 –14-asrlar) biror mansabdor shaxs tomonidan uyushtirilgan tantana, ziyofat yoki qabul chogʻida mehmonlarga turli sharob va may quyuvchi, kosagul, soqiy. Eski oʻzbek tili yodgorliklarida keng qoʻllanilgan. 2) Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida keltirilishicha, A. kulol ma’no-sida ham qoʻllanilgan.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |