Mykolaiv
Mikolayiv — Ukrainadagi shaqar, Mikolayiv viloyati markazi (1937 yildan). Qora dengizning Bug qoʻltiqchasi chap sohilida. Jan. Bug va Ingul daryolarining qoʻshilgan joyida. Dengiz va dare porti. Temir yoʻl tuguni. Aeroporta bor. Axoliyey 508 ming kishi (1997). N. Ukrainaning jan.dagi muhim sanoat va madaniyat markazlaridan biri. Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlik (xusu-san, kemasozlik). Yengil, oziq-ovqat, qurilish materiallari, mebel sanoatlari rivojlangan. Glinozyom zavodi ishlab turibdi. 2 oliy oʻquv yurti, 3 teatr, filarmoniya, telemarkaz, oʻlka-shunoslik, badiiy, kemasozlik va flot muzeylari mavjud. N. 1784 yilda isteh-kom sifatida vujudga kelgan. Shahar Ikkinchi jahon urushi yillarida vayron qilingan. 1946—50 yillarda toʻla tiklandi. N.da klassitsizm usulida qurilgan dengizchilar gimnaziyasi va kazarmalar (18-asr), Nikola cherkovi, Ofi-serlar majmui, rasadxona (19-asr) bi-nolari saqlangan.[1]
Manbalar
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |