Avengers: Endgame: Versiyalar orasidagi farq
Tahrir izohi yoʻq |
Tahrir izohi yoʻq Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
||
Qator 117: | Qator 117: | ||
}} |
}} |
||
== |
== Havolalar == |
||
* {{Rasmiy sayt|https://www.marvel.com/movies/avengers-endgame}} |
* {{Rasmiy sayt|https://www.marvel.com/movies/avengers-endgame}} |
||
* {{IMDb title|4154796}} |
* {{IMDb title|4154796}} |
2020-yil 11-aprel, 06:50 dagi koʻrinishi
Qasoskorlar: Intiho | |
---|---|
Avengers: Endgame | |
Fayl:Qasoskorlar Intiho poster.jpg Oʻzbekcha chiqishli poster | |
Rejissyor(lar) |
Anthony Russo Joe Russo |
Prodyuser(lar) | Kevin Feige |
Ssenariynavis(lar) |
Christopher Markus Stephen McFeely |
Rollarda | |
Bastakor(lar) | Alan Silvestri |
Kinematografiya | Trent Opaloch |
Muharrir(lar) |
|
Studiya(lar) | Marvel Studios |
Distribyutor |
Walt Disney Studios Motion Pictures |
Chiqarilgan sanasi | |
Davomiyligi | 181 daqiqa[2] |
Mamlakat | AQSh[3] |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $356 million[4] |
Daromadi | $2.797 milliard[5] |
Qasoskorlar: Intiho (inglizcha: Avengers: Endgame), 2019-yilda Marvel Comics nashriyoti tomonidan chiqarilgan Qasoskorlar nomli superqahramonlar jamoasiga asoslangan, shuningdek, Marvel Studios tomonidan ishlab chiqarilgan va Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan tarqatilgan Amerika superqahramon filmi. Ushbu film 2012-yilda ishlangan Qasoskorlar, 2015-yilda ishlangan Qasoskorlar: Ultron erasi va 2018-yilda ishlangan Qasoskorlar: Abadiyat jangi filmlarining davomi boʻlib, kartina Marvel Kinematografiya Koinoti (MKK) ning The Infinity Saga da final qismi boʻlgan 22chi badiiy filmi hisoblanadi.[6] Film rejissori Anthony va Joe Russo, ssenariy mualliflari Christopher Markus va Stephen McFeely, hamda film yulduzlari Robert Downey Jr., Chris Evans, Mark Ruffalo, Chris Hemsworth, Scarlett Johansson, Jeremy Renner, Don Cheadle, Paul Rudd, Brie Larson, Karen Gillan, Danai Gurira, Bradley Cooper va Josh Brolin. Film voqealariga ko‘ra, Qasoskorlarning omon qolgan aʼzolari Thanosning Abadiyat Jangi da keltirgan zararini bekor qilish uchun harakat qilishadi.
Film Qasoskorlar: Abadiyat Jangi — 2-qism nomi bilan 2014-yil oktabr oyida eʼlon qilindi. Aka-uka Russolar 2015-yilning aprelida film rejissori bo‘lishi maʼlum bo‘ldi va may oyiga kelib, Markus va MakFeely filmni suratga olishga kirishdilar. 2016-yil iyul oyida Marvel filmning nomini Nomsiz Qasoskorlar ga o‘zgartirdi. Filmning suratga olish jarayonlari 2017-yil avgustda Georgiaʼning Fayette tumanidagi Pinewood Atlanta Studios’da boshlandi va 2018-yil yanvarida yakuniga yetdi. Bundan tashqari, Metro va Downtown Atlanta va New Yorkda qo‘shimcha sahnalar suratga olindi. Shuningdek, filmning so‘nggi nomi 2018-yilning dekabrida maʼlum qilingan.
Film premyerasi Los Angelesda 22-aprel 2019-yilda, Amerika Qoʻshma Shtatlarida 26-aprel 2019-yilda va Oʻzbekistonda 29-aprel 2019-yilda boʻlib oʻtdi va ommaga 3D va IMAX formatlarida namoyish qilindi. Film mablagʻi $356 millionni tashkil etib, kartina dunyo boʻylab $2.797 milliarddan ortiq daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi va ayni paytda 2019-yilning eng yuqori daromadli filmi, dunyo miqyosida esa eng yuqori daromadli film boʻldi. Ikkinchi oʻrinda esa Avatar filmi turibdi.
Sujet
Thanos Cheksizlik toshlari orqali koinotdagi barcha hayotning yarmini yo‘q qilganidan yigirma uch kun o‘tib,[N 1] Carol Danvers tomonidan Nebula va Tony Stark Yerga qaytariladi. Ular qolgan Qasoskorlar—Natasha Romanoff, Bruce Banner, Steve Rogers, Rocket, Thor va James Rhodes bilan birlashadi. Jamoa Nebula yordamida jarohatlangan Thanosni topib, uning harakatlarini bekor qilish rejasini ishlab chiqadi, ammo keyinchalik Cheksizlik toshlari yo‘q bo‘lib ketganligini bilishadi. Bu paytda g‘azablangan Thor Thanos’ni o‘ldiradi.
Oradan besh yil o‘tgach, Scott Lang kvant olamidan[N 2] chiqadi va Qasoskorlar' tarkibidagi Romanoff va Rogers bilan uchrashadi. Lang, ularga kvant olamida bo‘lgan vaqtda, vaqtni orqaga qaytarish imkoni mumkinligiga guvoh bo‘lganligini aytadi. Uch qasoskor Starkdan o‘tmishga sayohat qiluvchi vaqt mashinasi yaratishini so‘raydi va ular Thanosning bugungi harakatlarini bekor qilish mumkinligi aytadi, lekin Stark qizini, Morganni yo‘qotishdan qoʻrqib ularni rad etadi. Oxir-oqibat Stark rafiqasi Peper Potts bilan suhbatlashgan so‘ng, parchalanib ketgan Peter Parker uchun qayg‘urishdan charchaydi va kvant sohasidagi sayohatni barqarorlashtirish uchun o‘z xayolini Hulkning tanasi bilan birlashtirgan—Banner bilan ishlaydi. Banner va Rocket Asgardliklarning yangi uyi bo‘lgan Norvegiyadagi Yangi Asgard’dan mast holdagi og‘ir vazn toifasida bo‘lgan Thorni topadi; Romanoff esa oilasining tarqalishidan keyin shafqatsiz bo‘lib qolgan Clint Bartonni topish uchun Tokyoga boradi.
Banner, Rogers, Lang va Stark vaqt mashinasi yordamida 2012-yil New York shahriga sayohat qilishadi.[N 3] Banner Sanctum Sanctorumga tashrif buyurib, Ancient Oneʼni Vaqt Toshini berishi kelajak uchun muhimligiga ishontiradi. Rogers Tafakkur Toshini muvaffaqiyatli ravishda o‘zlashtirib oladi, ammo Lang va Stark Loki qochib ketganidan keyin Fazo Toshini qo‘lga kirita olishmaydi. Keyin Rogers va Stark, 1970-yildagi Q.A.L.Q.O.N. shtab-kvartirasiga kirib, Fazo Toshining oldingi versiyasini, shuningdek, Hank Pym’dan Pym Particles shishalarini olib, bugungi kunga qaytib kelishadi. Rocket va Thor 2013-yil Asgardga Jane Fosterdan[N 4] Borliq Toshini olish uchun safar qiladi va Thor o‘zining sobiq bolg‘asi Mjolnirni topadi va uni oladi. 2014-yil Moragda Nebula va Rhodes Peter Quillni hushidan ketkazib, Qudrat Toshini o‘g‘irlashadi.[N 5] Rhodes Qudrat Toshi bilan bugungi kunga qaytib keladi va Nebula o‘zining kibernetik implantlari orqali 2014-yil o‘zini tanqid qilgani sababli qaytib kela olmaydi. Shu sababli, o‘sha paytdagi Thanos kelajakdagi muvaffaqiyatlarini va Qasoskorlarning uni qaytarishga urinishlarini bilib oladi. Thanos Nebulani qamrab oladi va 2014-yildagi Nebulani bugungi kunga yuboradi. Barton va Romanoff o‘sha yili Vormirga sayohat qilishadi va Qalb Toshini Red Skull’dan berishini so‘rashadi. Red Skull toshga uni yaxshi ko‘rgan kishini qurbon qilish evaziga erishish mumkinligini aytadi. Romanoff o‘zini qurbon qilib, Bartonga toshni olishiga imkon yaratadi.
Cheksizlik toshlarini butunlay yig‘ib bo‘lgandan so‘ng Qasoskorlar, Banner orqali Thanosning yo‘q qilganlarini qayta tiklash maqsadidagi toshlarni ushlab turish uchun tayanch hosil qiladi. 2014-yilda esa Nebula Thanosni bugungi kunga ko‘chirish uchun vaqt mashinasidan foydalanadi va u Qasoskorlar' jamoasiga hujum qilib, olamni toshlardan xalos etishni rejalashtirmoqda. Bugungi kundagi Nebula Thanosga qarshi turish uchun uning singlisi Gamoraʼning 2014-yildagi versiyasini ishontiradi va 2014-yildagi versiyasini o‘ldiradi. Qayta tiklangan Stephen Strange, o‘zlarining boshqa sehrgarlari, shu bilan birga Galaktika Qoʻriqchilari, Wakanda, Asgard va Ravagersning qo‘shinlari bilan birga keladi. Ular birgalikda Thanos’ning qo‘shiniga qarshi kurashishadi, lekin Thanos Thor, Rogers va Danvers’ni mag‘lub qilib, Toshlarni qo‘lga kiritadi. Bu vaqtda, Stark Toshlarni qaytarib olib, Thanos va uning qo‘shinini parchalab tashlaydi, ammo natijada o‘zi ham o‘ladi.
Stark’ning dafn marosimidan so‘ng, Thor Valkyrieni Yangi Asgardning qirolichasi etib tayinlaydi va o‘zi Galaktika Qo‘riqchilariga qo‘shiladi; Quill esa 2014-yilda Gamora uchun qidiruvni boshlaydi. Rogers Cheksizlik Toshlari va Mjolnirni o‘z vaqtidagi joylariga qaytarib beradi, keyin esa Peggy Carter bilan turmush qurishga va hayotining qolgan qismini u bilan birga yashashga qaror qiladi. Bugungi kunda kelib, keksa Rogers o‘z qalqonini Sam Wilsonga bermoqda.
Rollarda
- Robert Downey Jr. roli Tony Stark / Temir odam
- Josh Brolin roli Thanos
- Mark Ruffalo roli Bruce Banner / Hulk
- Tom Hiddleston roli Loki
- Chris Evans roli Steve Rogers / Kapitan Amerika
- Chris Hemsworth roli Thor
- Jeremy Renner roli Clint Barton / Hawkeye
- Chris Pratt roli Peter Quill / Star-Lord
- Elizabeth Olsen roli Wanda Maximoff / Scarlet Witch
- Benedict Cumberbatch roli Stephen Strange / Doktor Strange
- Evangeline Lilly roli Hope van Dyne / Wasp
- Karen Gillan roli Nebula
- Anthony Mackie roli Sam Wilson / Falcon
- Tom Holland roli Peter Parker / O‘rgimchak-odam
- Zoe Saldana roli Gamora
- Dave Bautista roli Drax the Destroyer
- Paul Bettany roli Vision
- Scarlett Johansson roli Natasha Romanoff / Black Widow
- Jon Favreau roli Harold "Happy" Hogan
- Gwyneth Paltrow roli Virginia „Pepper“ Potts
- Sebastian Stan roli Bucky Barnes / Winter Soldier
- Don Cheadle roli James „Rhodey“ Rhodes / War Machine
- Pom Klementieff roli Mantis
- Paul Rudd roli Scott Lang / Chumoli-odam
- Brie Larson roli Carol Danvers / Kapitan Marvel
- Natalie Portman roli Jane Foster (kameo)
Musiqa
2016-yil iyun oyida Qasoskorlar filmining bastakori Alan Silvestri, Abadiyat Jangi va Intiholarni bastalash uchun qaytib kelishini maʼlum qildi.[7] Aka-uka Russolar Silvestri bilan 2018-yil noyabr oyi boshlarida ishlashni boshladi[8] va ishni 2019-yil mart oyining oxirlarida yakunladi.[9]
Chiqish
Qasoskorlar: Intiho filmining premyerasi Los Angeles konferensiya markazida 22-aprel 2019-yilda,[10][11] Xitoy, Avstraliya, hamda baʼzi bir Osiyo va Yevropa mamlakatlarida 24-aprel 2019-yilda,[12][13] Birlashgan Qirollikda 25-aprel 2019-yilda,[14] Amerika Qoʻshma Shtatlari va Hindistonda 26-aprel 2019-yilda,[15][16] Oʻzbekiston va Rossiyada 29-aprel 2019-yilda bo‘lib o‘tdi[17] va kinoteatrlarda IMAX va 3D formatlarida namoyish qilindi.[18][19] Dastlab, filmni Amerika Qo‘shma Shtatlarida 3-may 2019-yilda,[20][21] O‘zbekistonda esa 6-may 2019-yilda chiqarish rejalashtirilgan edi. Shuningdek, Ozodlik radiosining xabar berishicha, Rossiya hukumati Rossiyada ishlab chiqarilgan filmlarni ommalashtirish maqsadida, Rossiyada ushbu film premyerasini kechiktirishga buyruq bergan.[22]
Eslatmalar
- ↑ 2018-yilda ishlangan Qasoskorlar: Abadiyat jangi filmi.
- ↑ 2018-yilda ishlangan Chumoli-odam va Ari filmining nihoyasidagi voqea.
- ↑ 2012-yilda ishlangan Qasoskorlar filmi.
- ↑ 2013-yilda ishlangan Thor: Zulmat dunyosi filmidagi voqealar.
- ↑ 2014-yilda ishlangan Galaktika Qoʻriqchilari filmidagi voqealar.
Manbalar
- ↑ 1,0 1,1 Hullfish, Steve „Qasoskorlar bilan Qirqish Sanʼati – Abadiyat Jangi muharriri, Jeffrey Ford, ACE“. Pro Video Coalition (29-aprel, 2018). 22-dekabr, 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-dekabr, 2018.
- ↑ „Avengers: Endgame (2019)“. British Board of Film Classification (12-aprel, 2019). Qaraldi: 12-aprel, 2019.
- ↑ Newman, Kim „Avengers: Endgame review: the finale these heroes deserve“. British Film Institute (25-aprel, 2019). 28-aprel, 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-aprel, 2019.
- ↑ D'Alessandro, Anthony „‘Avengers: Endgame’ To Near Rare Breakeven Point With 18.1B Global Opening“. Deadline Hollywood (2019-yil 27-aprel). 27-aprel, 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-aprel, 2019.
- ↑ „Avengers: Endgame (2019)“. Box Office Mojo. IMDb. Qaraldi: 27-aprel, 2019.
- ↑ „Avengers: Endgame – perfect conclusion to Marvel’s 22-film saga“ (en). South China Morning Post (2019-yil 24-aprel). Qaraldi: 2019-yil 8-may.
- ↑ Burlingame, Russ „Avengers Composer Alan Silvestri To Return For Infinity War“. 'ComicBook.com' (2016-yil 6-iyun). 2016-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-iyun.
- ↑ McMillan, Graeme „'Avengers 4' Runtime Is Currently 3 Hours“. The Hollywood Reporter (2018-yil 8-noyabr). 2018-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-noyabr.
- ↑ Davis, Brandon „Avengers: Endgame Score Officially Complete“. 'ComicBook.com' (23-mart). 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-mart.
- ↑ Ridgely, Charlie „'Avengers: Endgame' Being Called "One of the Biggest Movies of Our Lifetime," Theater Chains Adding Additional Showtimes“. 'ComicBook.com' (15-aprel, 2019). 15-aprel, 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-aprel, 2019.
- ↑ Giardina, Carolyn „'Avengers: Endgame' Premiere: Disney, Dolby Build High-Tech Theater in LA Convention Center“. The Hollywood Reporter (23-aprel, 2019). 23-aprel, 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-aprel, 2019.
- ↑ Tartaglione, Nancy „'Avengers: Endgame' China Release Set On April 24; $800M+ WW Opening In Sight?“. Deadline Hollywood (29-mart). 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-mart.
- ↑ Merueñas, Mark „Pinoys among those who get to watch 'Avengers: Endgame' two days ahead of rest of the world“. MSN (17-mart). 3-aprel, 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-aprel, 2019.
- ↑ Knight, Lewis „Avengers Endgame: UK release date, trailer, run time, cast and latest news“. Daily Mirror (17-aprel, 2019). 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-aprel, 2019.
- ↑ Sandwell, Ian „Another Guardians of the Galaxy star confirms they'll be coming back for Avengers 4“. Digital Spy (29-sentabr, 2017). 1-oktabr, 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-sentabr, 2017.
- ↑ Truitt, Brian „It's finally here! Watch the first trailer for Marvel's newly titled 'Avengers: Endgame'“. USA Today (7-dekabr, 2018). 7-dekabr, 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-dekabr, 2018.
- ↑ D'Alessandro, Anthony; Tartaglione, Nancy „'Avengers: Endgame': Is A 26B Global Opening Even Possible? If So, Here’s How It Would Go Down – B.O. Preview“. Deadline Hollywood (2019-yil 22-aprel). 2019-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-aprel.
- ↑ Lieberman, David „Disney Films To Show on Imax Through 2019 With New Distribution Deal“. Deadline Hollywood (22-fevral, 2017). 23-fevral, 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-fevral, 2017.
- ↑ Kroll, Justin „'Star Wars: Episode IX' Release Date Moves to December 2019“. Variety (2017-yil 12-sentyabr). 2017-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-sentyabr.
- ↑ Strom, Marc „Marvel's The Avengers Head into an Infinity War“ (deadlink). Marvel Comics (28-oktabr, 2014). 29-oktabr, 2014da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-oktabr, 2014.
- ↑ Siegel, Lucas „Marvel Announces Black Panther, Captain Marvel, Inhumans, Avengers: Infinity War Films, Cap & Thor 3 Subtitles“. Newsarama (2014-yil 28-oktyabr). 2014-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-oktyabr.
- ↑ {{Yangiliklar manbasi}} andozasidan foydalanishda
title=
parametri belgilanishi kerak.